Shavkat Umurzoqov Toshkent shahri hokimi etib tasdiqlandi

© Press-slujba xokimiyata TashkentaPosol Rossii v Uzbekistane Oleg Malginov i i.o. xokima Tashkenta Shavkat Umurzakov proveli vstrechu
Posol Rossii v Uzbekistane Oleg Malginov i i.o. xokima Tashkenta Shavkat Umurzakov proveli vstrechu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2024
Obuna bo‘lish
Shavkat Umurzoqov 1979-yilda tug‘ilgan.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Shavkat Umurzoqov Toshkent shahar hokimi etib tasdiqlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 24-mart kuni Shavkat Umurzoqovni Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlagan edi va bugun Umurzoqov ushbu lavozimga tasdiqlandi.
Shavkat Umurzoqov 1979-yilda tug‘ilgan. 2022-yil 22-fevral kuni u O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti etib tayinlangan. 2018-yildan "O‘zavtosanoat" kompaniyasi rahbari bo‘lgan. 2013-2018 yillarda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish departamentini boshqargan. 2011-yilning iyun oyidan 2013-yilning sentabrigacha Toshkent viloyati prokuraturasida uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Yangiliklar lentasi
0