Qirg‘iziston “Mir” kartalari bilan ishlashni to‘xtatdi
19:06 03.04.2024 (yangilandi: 10:39 04.04.2024)
© Sputnik / Igor Yegorov
/ Obuna bo‘lish
Foydalanuvchilar endi qurilmalarni ekvayringda kartalarga xizmat ko‘rsata olmaydi, kartadan kartaga o‘tkaza olmaydi, shuningdek elektron tijoratda
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Qirg‘iziston banklari bugundan boshlab Rossiyaning “Mir” to‘lov tizimi bilan operatsiyalarni to‘xtatdi. Bu haqda “Elkart” milliy to‘lov tizimining operatori Qirg‘iziston banklararo protsessing markazi saytida ma’lum qilindi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, 3-aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00 dan boshlab ekvayring qurilmalari, POS terminallar va bankomatlarda “Mir” kartalaridan pul o‘tkazmalari amalga oshirilmaydi.
Protsessing markazi xabariga ko‘ra, 2024-yilning fevral oyida AQSh Moliya vazirligining xorijiy aktivlarni nazorat qilish bo‘yicha bo‘limi “Mir” to‘lov tizimining operatoriga qarshi sanksiyalar kiritgani tufayli “Ikkilamchi sanksiyalar xavfini minimallashtirish” maqsadida Qirg‘iziston o‘z hududida “Mir” kartalari bilan ishlashdan voz kechishga qaror qilishga majbur bo‘lgan.
Qirg‘iziston Milliy banki ma’lum qilishicha, ular bu kabi masalalar bo‘yicha tijorat banklari ishiga aralashish vakolatiga ega emas. Banklar qaysi to‘lov tizimi bilan ishlamash yoki ishlamaslik haqida mustaqil qaror qabul qilish huquqiga ega.
Ma’lumot uchun, 2023-yilning sentabr-noyabr oylarida Qirg‘izistonning 22 tijorat bankidan 10 tasi tranzaksiyalarni amalga oshirishdan vaqtincha bosh tortganini e’lon qildi, biroq ularning ba’zilari keyinchalik bu qarordan voz kechgan edi.
RIA Novosti xabariga ko‘ra, Rossiyaning VTB guruhi Armaniston, Belarus va Qozog‘istondagi o‘z banklari infratuzilmasida "Mir" kartalariga avvalgidek to‘liq hajmda xizmat ko‘rsatishda davom etayoganini ma’lum qilgan.
Bir kun avval "Rossiya banki" raisining birinchi o‘rinbosari Olga Skorobogatova Markaziy bank "Mir" kartalaridan voz kechgan mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan Rossiya banklari bilan bankomatlar tarmog‘i va POS-terminallar tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha ish olib borayotgani haqida xabar bergan edi.