https://oz.sputniknews.uz/20240403/braziliya-ukrainaga-oq-dori-etkazib-berishni-rad-etdi-43272093.html
Braziliya Ukrainaga o‘q-dori yetkazib berishni rad etdi
Braziliya Ukrainaga o‘q-dori yetkazib berishni rad etdi
Sputnik O‘zbekiston
Braziliya Ukrainaga o‘q-dorilar yetkazib berishni rad etdi, Yaponiya bilan bu boradagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. 03.04.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-04-03T21:33+0500
2024-04-03T21:33+0500
2024-04-04T10:38+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
braziliya
ukraina
nato
yaponiya
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/19/42204150_0:97:3072:1825_1920x0_80_0_0_75f947f0a85b76c0172f71acef2398d7.jpg
TOShKENT, 3 apr – Sputnik. Braziliya Ukrainaga o‘q-dori yetkazib berishdan bosh tortdi, deb yozadi "Bloomberg" Yevropa va Braziliya rasmiylariga tayanib.O‘tgan hafta Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Janubiy Amerika davlatiga tashrif buyurib, braziliyalik hamkasbi Luiz Inatsiu Lula da Silva bilan muzokara o‘tkazdi.2023 yil dekabr oyida Yaponiyaning sobiq mudofaa vaziri Itsunori Onodera mudofaa eksporti qoidalarining yumshatilishiga asoslanib, Tokio Londonga 155 millimetrli artilleriya snaradlarini sotishi mumkinligini aytdi. Bundan oldin "Financial Times" gazetasi Yaponiya Britaniyaga bunday eksport qilish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani va shu bilan bilvosita Kiyevga qurol yetkazib berishda yordam berishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.So‘nggi paytlarda Kiyevliklar snaradlar yetishmasligidan shikoyat qilmoqda. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham yanvar oyi o‘rtalarida Davosda so‘zlagan nutqida Ukraina Qurolli kuchlarida o‘q-dorilar yetishmasligini tan oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Rossiya armiyasi bilan qarama-qarshilikka dosh bera oladigan darajada dunyoda harbiy-sanoat kompleksi resurslari yo‘q.Bir yil avval Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 12 oy ichida bir million snarad yetkazib berishga va’da bergan edi, lekin buni uddalay olmadi. Jozep Borrel buni YeI snarad ishlab chiqarishda qiyinchiliklarga duch kelganini va alohida davlatlar o‘z arsenali kamayib qolishidan xavotirda ekanligi bilan izohladi.Rossiya bir necha bor Ukrainaga qurol yetkazib berish faqat mojaroning cho‘zilishini va qurbonlar ko‘payishiga olib kelishini ta’kidlagan edi.
braziliya
ukraina
yaponiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/19/42204150_63:0:2794:2048_1920x0_80_0_0_432eec3e2d37be6320c332e1e90e639e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
braziliya, ukraina, nato, yaponiya, rossiya
braziliya, ukraina, nato, yaponiya, rossiya
Braziliya Ukrainaga o‘q-dori yetkazib berishni rad etdi
21:33 03.04.2024 (yangilandi: 10:38 04.04.2024) Braziliya Ukrainaga o‘q-dorilar yetkazib berishni rad etdi, Yaponiya bilan bu boradagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi.
TOShKENT, 3 apr – Sputnik. Braziliya Ukrainaga o‘q-dori yetkazib berishdan bosh tortdi, deb yozadi "Bloomberg" Yevropa va Braziliya rasmiylariga tayanib.
“Braziliya Kiyevga o‘q-dorilar yetkazib berish bo‘yicha ittifoqchi so‘rovlarini rad etdi”, — deyiladi agentlik bayonotida.
O‘tgan hafta Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Janubiy Amerika davlatiga tashrif buyurib, braziliyalik hamkasbi Luiz Inatsiu Lula da Silva bilan muzokara o‘tkazdi.
Bundan tashqari, "Bloomberg" ma’lumotlariga ko‘ra, Britaniya va Yaponiya o‘rtasida o‘q-dorilar sotib olish bo‘yicha muhokamalar ham boshi berk ko‘chaga kirib qolgan ko‘rinadi.
2023 yil dekabr oyida Yaponiyaning sobiq mudofaa vaziri Itsunori Onodera mudofaa eksporti qoidalarining yumshatilishiga asoslanib, Tokio Londonga 155 millimetrli artilleriya snaradlarini sotishi mumkinligini aytdi. Bundan oldin "Financial Times" gazetasi Yaponiya Britaniyaga bunday eksport qilish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani va shu bilan bilvosita Kiyevga qurol yetkazib berishda yordam berishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
So‘nggi paytlarda Kiyevliklar snaradlar yetishmasligidan shikoyat qilmoqda. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham yanvar oyi o‘rtalarida Davosda so‘zlagan nutqida Ukraina Qurolli kuchlarida o‘q-dorilar yetishmasligini tan oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Rossiya armiyasi bilan qarama-qarshilikka dosh bera oladigan darajada dunyoda harbiy-sanoat kompleksi resurslari yo‘q.
Bir yil avval Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 12 oy ichida bir million snarad yetkazib berishga va’da bergan edi, lekin buni uddalay olmadi. Jozep Borrel buni YeI snarad ishlab chiqarishda qiyinchiliklarga duch kelganini va alohida davlatlar o‘z arsenali kamayib qolishidan xavotirda ekanligi bilan izohladi.
Rossiya bir necha bor Ukrainaga qurol yetkazib berish faqat mojaroning cho‘zilishini va qurbonlar ko‘payishiga olib kelishini ta’kidlagan edi.