https://oz.sputniknews.uz/20240402/laylatul-qadr-33162305.html
Laylatul qadr qanday kecha?
Laylatul qadr qanday kecha?
Sputnik O‘zbekiston
Laylatul qadr – “belgilash kechasi” degan ma’noni anglatadi. Yil davomida qilinadigan turli amallar, hukm, topiladigan rizq, bir so‘z bilan aytganda taqdir belgilanadigan kechadir. Ushbu duoni o‘qishni aytdilar: Allohumma innaka a’fuvvun kariymun tuhibbul a’fva fa’fu a’nniy"
2024-04-02T00:06+0500
2024-04-02T00:06+0500
2024-04-02T00:06+0500
ramazon oyi
laylatul qadr kechasi
ramazon hayiti
ramazon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/0e/32873744_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_d9bfe2b34286a8261aa18290513d65e1.png
Laylatul Qadr yil davomida qilinadigan turli amallar, hukm, topiladigan rizq, bir so‘z bilan aytganda taqdir belgilanadigan kechadir.Bu kecha haqida Alloh taolo: “… ming oydan yaxshiroqdir” (Qadr surasi, 3-oyat) deb marhamat qilgan. 1000 oy – salkam 84-yilga, 84-yil – taxminan 30 295 kunga teng.Qadr kechasi Ramazonning so‘nggi o‘n kunligida yashiringan, uni o‘sha kunlarning toq kunlaridan izlagan afzal deyiladi.Payg‘ambar Muhammad sollallohu alayhi vasallamning “Qadr kechasini Ramazonning ilk va eng so‘nggi hamda toq kechalaridan izlanglar!” degan so‘zlari keltirilgan Imom Abu Dovud rivoyati bor.Oisha roziyallohu anho rivoyat qilgan hadisda esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qadr kechasini Ramazon oyining oxirgi o‘n kunligidan qidiringlar”, deganlar.Laylatul qadr kechasi alomatlari Ushbu muborak kechaning alomatlari quyidagi namoyon bo‘lishi mumkin:Bu kecha Alloh taoloning amri bilan farishtalar har bir osmondan va “Sidratul muntaho”dan (ya’ni, Jabroil alayhissalom maskanidan) yerga tushadi, tong otguncha insonlar haqiga duo qiladi.Laylatul qadr kechasi ado etiladigan amallarXufton va bomdod namozlarini jamoat bilan o‘qish tavsiya etiladi. Bu kechada qazo namozlar, nafl va tahajjud namozlarini o‘qigan afzal. Qolaversa, Qur’oni karim tilovati, Allohni ulug‘lab aytiladigan tasbeh, istig‘for va zikrlar, payg‘ambar Muhammad sallollohu alayhi vasallamga bag‘ishlab salovat va durudlar aytish savobligi aytiladi.Laylatul qadr kechasi o‘qiladigan duo Oisha roziyallohu anho: “Yo Rasululloh agar Qadr kechasini topishga muvaffaq bo‘lsam nima deb duo qilay?” deb so‘radilar.Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ushbu duoni o‘qishni aytdilar:Ma’nosi: "Allohim, albatta, Sen kechirguvchisan, kechirishni yaxshi ko‘rasan. Gunohlarimni kechirgin" (Imom Termiziy rivoyati).Muhimi, bu kechani ibodat, zikr, tilovat va boshqa xayrli amallar bilan o‘tkazish lozim.Mavzuga oid:Iftorlik uchun 5 ta tibbiy tavsiyaRo‘za tutishga oid eng ko‘p uchraydigan savollarRamazonda to‘g‘ri ovqatlanish - muhim tavsiyalar
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/0e/32873744_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_31ed312fbac4c2b95284c7616cfc1225.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
laylatul qadr kadr kechasi 2024 o‘qiladigan namoz duolar qachon bo‘ladi kadr kechasi kadr kechasi duosi laylatul kadr kechasi duosi laylatul qadr kechasi alomatlari laylatul qadr kechasi o‘qiladigan duo laylatul qadr kechasi o‘qiladigan namoz duo qachon bo‘ladi kadr kechasi qadr kechasi duosi qadr kechasi o'qiladigan duo laylatul qadr kechasi 2024 laylatul qadr kechasi nima qilish kerak qadr kechasi qaysi kun
laylatul qadr kadr kechasi 2024 o‘qiladigan namoz duolar qachon bo‘ladi kadr kechasi kadr kechasi duosi laylatul kadr kechasi duosi laylatul qadr kechasi alomatlari laylatul qadr kechasi o‘qiladigan duo laylatul qadr kechasi o‘qiladigan namoz duo qachon bo‘ladi kadr kechasi qadr kechasi duosi qadr kechasi o'qiladigan duo laylatul qadr kechasi 2024 laylatul qadr kechasi nima qilish kerak qadr kechasi qaysi kun
Laylatul qadr qanday kecha?
Laylatul qadr – “belgilash kechasi” degan ma’noni anglatadi. Qadr kechasida sokinlik hukm suradi. Atrof musaffo, yorug‘, xuddi sukunatga o‘ralgan yog‘duli oy charaqlab turgandek bo‘ladi.
Laylatul Qadr yil davomida qilinadigan turli amallar, hukm, topiladigan rizq, bir so‘z bilan aytganda taqdir belgilanadigan kechadir.
Bu kecha haqida Alloh taolo: “… ming oydan yaxshiroqdir” (Qadr surasi, 3-oyat) deb marhamat qilgan. 1000 oy – salkam 84-yilga, 84-yil – taxminan 30 295 kunga teng.
Qadr kechasi Ramazonning so‘nggi o‘n kunligida yashiringan, uni o‘sha kunlarning toq kunlaridan izlagan afzal deyiladi.
Payg‘ambar Muhammad sollallohu alayhi vasallamning “Qadr kechasini Ramazonning ilk va eng so‘nggi hamda toq kechalaridan izlanglar!” degan so‘zlari keltirilgan Imom Abu Dovud rivoyati bor.
Oisha roziyallohu anho rivoyat qilgan hadisda esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qadr kechasini Ramazon oyining oxirgi o‘n kunligidan qidiringlar”, deganlar.
Laylatul qadr kechasi alomatlari
Ushbu muborak kechaning alomatlari quyidagi namoyon bo‘lishi mumkin:
qadr kechasida sokinlik hukm suradi. Atrof musaffo, yorug‘, xuddi sukunatga o‘ralgan yog‘duli oy charaqlab turgandek bo‘ladi;
osmondagi yulduzlar uchmaydi, boshqa jismlar qaltis harakat qilmaydi. Kasalliklar paydo bo‘lmaydi;
havo mo‘’tadil bo‘ladi, juda issiq ham, juda sovuq ham bo‘lmaydi;
ertalab quyosh qizarib, tog‘araga o‘xshash, yog‘dusi juda zaif bo‘lib ufqdan bosh ko‘taradi. Sababi o‘sha tun va kunda ko‘p farishtalar yerga tushib-chiqib turishi oqibatida quyosh nurlarini ham to‘sib qo‘yadi;
qadr kechasida yomg‘ir-qor yog‘maydi, yog‘sa ham o‘ta mayin va yoqimli bo‘ladi. Sho‘r suvlar chuchuk bo‘ladi;
daraxtlar o‘z shoxlarini yerga egiltirib turadi;
o‘sha kuni shaytonlar chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bu kecha Alloh taoloning amri bilan farishtalar har bir osmondan va “Sidratul muntaho”dan (ya’ni, Jabroil alayhissalom maskanidan) yerga tushadi, tong otguncha insonlar haqiga duo qiladi.
Laylatul qadr kechasi ado etiladigan amallar
Xufton va bomdod namozlarini jamoat bilan o‘qish tavsiya etiladi. Bu kechada qazo namozlar, nafl va tahajjud namozlarini o‘qigan afzal. Qolaversa, Qur’oni karim tilovati, Allohni ulug‘lab aytiladigan tasbeh, istig‘for va zikrlar, payg‘ambar Muhammad sallollohu alayhi vasallamga bag‘ishlab salovat va durudlar aytish savobligi aytiladi.
Laylatul qadr kechasi o‘qiladigan duo
Oisha roziyallohu anho: “Yo Rasululloh agar Qadr kechasini topishga muvaffaq bo‘lsam nima deb duo qilay?” deb so‘radilar.
Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ushbu duoni o‘qishni aytdilar:
"Allohumma innaka a’fuvvun kariymun tuhibbul a’fva fa’fu a’nniy"
Ma’nosi: "Allohim, albatta, Sen kechirguvchisan, kechirishni yaxshi ko‘rasan. Gunohlarimni kechirgin" (Imom Termiziy rivoyati).
Muhimi, bu kechani ibodat, zikr, tilovat va boshqa xayrli amallar bilan o‘tkazish lozim.