AQSh Yevropaga yordamga kelmaydi — Rheinmetall rahbari

© Sputnik / Stanislav Krasilnikov / Mediabankka o‘tishTrofeynaya nemeskaya BMP "Marder", vosstanovlennaya voyennoslujashimi SVO
Trofeynaya nemeskaya BMP Marder, vosstanovlennaya voyennoslujashimi SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2024
Obuna bo‘lish
Amerika asosiy e’tiborini Osiyo mintaqasiga ko‘chirmoqda, Yevropa esa Ukraina mojarosi bilan yolg‘iz qolmoqda.
TOShKENT, 1 apr – Sputnik. Yevropa, agar harbiy tahdid yuzaga kelsa, AQSh albatta yordamga keladi degan fikrdan voz kechishi kerak, dedi Rheinmetall AG direktorlar kengashi raisi Armin Papperger Financial Times gazetasiga bergan intervyusida.
“Pappergerning aytishicha, so‘nggi o‘n yilliklar davomida Yevropa yetakchilari harbiy tahdid yuzaga kelgan taqdirda Qo‘shma Shtatlar qit’ani qutqarish uchun kelishini oddiy hol deb qabul qilgan, ammo bunday bo‘lmaydi”, — deya ta’kidlaydi gazeta.
Uning tushuntirishicha, AQSh kongressmenlari tomonidan Ukrainaga qo‘shimcha yordam berilayotgani Yevropaga signaldir: Vashington “endi buning uchun pul to‘lamaydi”. Pappergerning so‘zlariga ko‘ra, AQSh hozir o‘z kuchlarini Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga jamlamoqda va agar to‘liq miqyosli qurolli to‘qnashuv yuzaga kelsa, “AQSh e’tiborini Osiyoga qaratadi, Yevropa esa butunlay yolg‘iz qoladi”.
Papperger 2024-yil noyabrida bo‘lib o‘tadigan AQSh prezidentlik saylovlarida kim g‘alaba qozonishidan qat’i nazar, Germaniyada harbiy qayta qurollanish jarayoni davom etishini ta’kidladi. Shu bilan birga, uning fikricha, Amerikaning sobiq prezidenti Donald Trampning ehtimoliy g‘alabasi Germaniyaga ko‘proq salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
U, shuningdek, Yevropa davlatlarini Amerika firmalari bilan raqobatlasha oladigan yirik qurol kompaniyalarini yaratishga chaqirdi. Papperger Yevropada hamkorlik darajasini oshirish uchun muayan davlatlar muayan harbiy texnologiyalarga ixtisoslashishi zarur, degan fikrni bildirdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, kelajakda sanoat korxonalarini birdaniga ko‘plab mamlakatlarda joylashtirish va u yerda ishlab chiqarish hajmini oshirish muhim ahamiyatga ega.
Rheinmetall AG konserni 1889-yilda tashkil etilgan Germaniyadagi asosiy qurol ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. Uskunalar qatoriga GTK Boxer g‘ildirakli jangovar zirhli mashina, Puma piyodalar jangovar mashinalari va Wiesel havo desantlarining kuzatuv mashinalari kiradi.
Konsern o‘q-dorilar ishlab chiqarish bilan ham shug‘ullanadi: Papperger avvalroq kompaniya 2022-yilgacha bo‘lgan davrda bu ko‘rsatkich 70 ming dona bo‘lsa, 2025-yilda kompaniya yiliga 700 mingta artilleriya snaradlarini ishlab chiqarishga qodir bo‘lishini va’da qilgan edi.

Biroz oldin Papperger Ukrainada yiliga 400 ta tank ishlab chiqaruvchi zavod qurishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.

Mart oyi o‘rtalarida Papperreg.Rheinmetall Ukrainada snaradlar, harbiy texnika, porox va havo hujumidan mudofaa tizimlarini ishlab chiqarish uchun kamida to‘rtta qurol zavodi qurishni rejalashtirayotgani haqida bayonot berdi. Bungacha, fevral oyining o‘rtalarida ushbu yirik harbiy texnika ishlab chiqaruvchisi Ukraina korxonasi bilan Ukrainada 155 millimetrli artilleriya snaradlarini ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv imzolaganini e’lon qilgan edi. Shuningdek, konsern Ukrainada Lynx piyodalarining jangovar mashinalari va Fuchs zirhli transportorlarini yig‘ishni rejalashtirmoqda.
Nemeskiy tank Leopard 2  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2023
Ular mijozlarini yo‘qotmoqda: G‘arbda kulga aylangan “Leopardlar” zarari hisoblanmoqda
Yangiliklar lentasi
0