https://oz.sputniknews.uz/20240331/samarqand-xalqaro-aeroport-bahorgi-yozgi-parvozlar-jadval-43217239.html
Samarqand xalqaro aeroporti bahorgi-yozgi parvozlar jadvaliga o‘tdi — tafsilotlar
Samarqand xalqaro aeroporti bahorgi-yozgi parvozlar jadvaliga o‘tdi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Samarqanddan Rossiyaga parvozlar soni oshirildi.
2024-03-31T12:14+0500
2024-03-31T12:14+0500
2024-03-31T12:14+0500
jamiyat
o‘zbekiston
samarqand
rossiya
xitoy
turkiya
qozog‘iston
aviaparvozlar
samarqand xalqaro aeroporti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/0e/28102142_0:18:720:423_1920x0_80_0_0_ed8e98f349687bdcd5654af3c5b76c90.jpg
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Samarqand xalqaro aeroporti bahorgi-yozgi parvozlar jadvaliga o‘tdi, deya xabar berdi aeroport matbuot xizmati.Qayd etilishicha, bahor-yoz jadvali doirasida hamkor aviakompaniyalar yangi reyslarni ochishda davom etadi va eng ommabop yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar chastotasini oshiradi.Shunday qilib, O‘zbekistonning Qanot Sharq aviatashuvchisi bahor-yozgi parvozlar jadvalida haftasiga bir marta Tel-Avivga parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, Uzbekistan Airways haftada bir marta seshanba kunlari Toshkent – Tel-Aviv – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar dasturini ochadi.Yangi mavsumda "Pobeda" aviakompaniyasi Moskvaga parvozlar sonini haftasiga 10-martagacha oshiradi, bundan tashqari, quyidagi aviatashuvchilar ushbu yo‘nalishdagi parvozlar chastotasini oshirishni rejalashtirmoqda:Samarqanddan Istanbulga reyslarga talab ortishi munosabati bilan Turkiyaning asosiy aviatashuvchisi Turkish Airlines bahor-yoz davrida reyslar chastotasini haftasiga 4-martadan 10-martagacha oshirishni rejalashtirmoqda.O‘z navbatida Uzbekistan Airways ham yangi chastotalarni qo‘shib, Istanbulga haftasiga 5-marta parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.Ma’lumot uchun, 2023-2024 kuz-qish davrida Air Marakanda 491 mingdan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan +55%), joriy yil boshidan esa 294 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatildi (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan +39%).
o‘zbekiston
xitoy
turkiya
qozog‘iston
samarqand xalqaro aeroporti
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/0e/28102142_67:0:654:440_1920x0_80_0_0_57e18250760ffe501b31308ee8ae6eb6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
samarqand xalqaro aeroporti bahorgi-yozgi parvozlar jadvali
samarqand xalqaro aeroporti bahorgi-yozgi parvozlar jadvali
Samarqand xalqaro aeroporti bahorgi-yozgi parvozlar jadvaliga o‘tdi — tafsilotlar
Samarqanddan Rossiyaga parvozlar soni oshirildi.
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Samarqand xalqaro aeroporti bahorgi-yozgi parvozlar jadvaliga o‘tdi, deya xabar berdi aeroport matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, bahor-yoz jadvali doirasida hamkor aviakompaniyalar yangi reyslarni ochishda davom etadi va eng ommabop yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar chastotasini oshiradi.
Shunday qilib, O‘zbekistonning Qanot Sharq aviatashuvchisi bahor-yozgi parvozlar jadvalida haftasiga bir marta Tel-Avivga parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, Uzbekistan Airways haftada bir marta seshanba kunlari Toshkent – Tel-Aviv – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar dasturini ochadi.
Bahor-yoz mavsumida Ural Airlines haftasiga 4-marta Moskvaga muntazam reyslarni amalga oshirishni boshlaydi.
Qozog‘istonning FlyArystan loukoster aviakompaniyasi Olmaotadagi parvoz dasturini tiklamoqda va parvozlarni haftasiga 2-marta chorshanba va juma kunlari amalga oshiradi.
China Southern Airlines 14-apreldan boshlab Samarqanddan Urumchiga (Xitoy) haftasiga bir marta parvozlarni tiklaydi.
Yangi mavsumda "Pobeda" aviakompaniyasi Moskvaga parvozlar sonini haftasiga 10-martagacha oshiradi, bundan tashqari, quyidagi aviatashuvchilar ushbu yo‘nalishdagi parvozlar chastotasini oshirishni rejalashtirmoqda:
Aeroflot haftasiga 9-martagacha, Uzbekistan Airways – haftasiga 6-marta va Rossiyaning Utair aviakompaniyasi haftasiga 5-martagacha.
S7 Airlines Samarqanddan Novosibirskga parvozlar chastotasini oshiradi va haftasiga 2-marta seshanba va payshanba kunlari parvozlarni yo‘lga qo‘yadi.
Shuningdek, Sankt-Peterburgga parvozlar soni ko‘paytiriladi: Utair aviakompaniyasi haftasiga 2-martadan 3-martaga, Uzbekistan Airways esa 4 taga.
Samarqanddan Istanbulga reyslarga talab ortishi munosabati bilan Turkiyaning asosiy aviatashuvchisi Turkish Airlines bahor-yoz davrida reyslar chastotasini haftasiga 4-martadan 10-martagacha oshirishni rejalashtirmoqda.
O‘z navbatida Uzbekistan Airways ham yangi chastotalarni qo‘shib, Istanbulga haftasiga 5-marta parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, 2023-2024 kuz-qish davrida Air Marakanda 491 mingdan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan +55%), joriy yil boshidan esa 294 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatildi (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan +39%).