Toshkent va Minsk o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yanada kengaytiriladi
© Ministerstvo selskogo xozaystva respubliki Uzbekistan. V Tashkente sostoyalos chetvertoe zasedanie rabochey gruppi Belarus-Uzbekistan.
© Ministerstvo selskogo xozaystva respubliki Uzbekistan.
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda sanoat kooperatsiyasi, xususan, yog‘ochga ishlov berish va mebel ishlab chiqarish, bolalar ovqatlarini yetkazib berish, Minsk shahrida O‘zbekiston savdo uyini tashkil etish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. O‘zbekiston elchisi Rahmatulla Nazarov Minsk shahar ijroiya qo‘mitasi raisi Vladimir Kuxarev bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Muloqot chog‘ida tomonlar turli sohalardagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
© IA "Dunyo"V Minske obsudili voprosi rasshireniya uzbeksko-belorusskogo mejregionalnogo sotrudnichestva
V Minske obsudili voprosi rasshireniya uzbeksko-belorusskogo mejregionalnogo sotrudnichestva
Vladimir Kuxarev iqtisodiyot, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport sohalarida hamkorlik istiqbollari katta ekanini ta’kidladi. Bu masalalar, jumladan, yaqinda Minsk shahar ijroiya qo‘mitasi delegatsiyasining O‘zbekiston va Belarus hududlararo II forumiga tashrifi chog‘ida muhokama qilindi va ikki davlat poytaxtlari o‘rtasida birodarlashgan shaharlar munosabatlarini o‘rnatish hamda 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik rejasi to‘g‘risida bitim imzolandi.
“Erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi birodarlashgan shaharlar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga yangi sur’at bag‘ishlaydi. Biz hamkasblarimizni qiziqtiradigan yo‘nalishlar bo‘yicha uchrashuvlar tashkil etishga tayyormiz”, - dedi Vladimir Kuxarev.
Elchi Rahmatulla Nazarov, o‘z navbatida, hududlararo hamkorlik mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning samarali mexanizmlaridan biri ekanini ta’kidladi.
“Tovar ayirboshlash darajasiga erishilgani qisman hududlarga ham bog‘liq. Biz hududlararo aloqalarning rivojlanishiga ko‘maklashamiz. Bir-birimizdan o‘rganishimiz kerak bo‘lgan narsa ko‘p. Iqtisodiyotlarimiz raqobatbardosh emas, balki bir-birini to‘ldiradi. Belarusda ishlab chiqarilgan mahsulotlar O‘zbekistonda talabga ega. Va aksincha. Bundan tashqari, O‘zbekiston uchinchi mamlakatlar bozorlariga chiqish platformasiga aylanishi mumkin”, – dedi elchi.
Uchrashuvda sanoat kooperatsiyasi, xususan, yog‘ochga ishlov berish va mebel ishlab chiqarish, bolalar ovqatlarini yetkazib berish, Minsk shahrida O‘zbekiston savdo uyini tashkil etish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi. Sog‘liqni saqlash, tajriba almashish va malaka oshirish uchun ta’lim sohalari vakillarining o‘zaro tashriflari, ijodiy guruhlarning gastrol safarlarini tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.