TDIU talabalari Moskvadagi xalqaro olimpiadada faxrli o‘rinni egalladi

© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiyStudenti Tashkentskogo gosudarstvennogo ekonomicheskogo universiteta zanyali pochetnoe mesto na Mejdunarodnoy olimpiade v Moskve
Studenti Tashkentskogo gosudarstvennogo ekonomicheskogo universiteta zanyali pochetnoe mesto na Mejdunarodnoy olimpiade v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2024
Obuna bo‘lish
Olimpiadada 67 ta universitetdan 89 ta jamoa va umumiy hisobda 524 nafar talaba “Buxgalteriya hisobi” yo‘nalishidagi bilimlari bilan musobaqalashdi.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari Moskvadagi xalqaro olimpiadada faxrli o‘rinni egalladi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
27-29 mart kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda “Buxgalteriya hisobi va audit” fakultetining talabalaridan iborat universitet jamoasi Patris Lumumba nomidagi Rossiya Xalqlar do‘stligi universitetida bo‘lib o‘tgan “Atrofimizdagi buxgalteriya hisobi” xalqaro olimpiadasida ishtirok etdi.
Tanlov yakuni bo‘yicha Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kafedra mudiri, professor Abdunabi Pardayev rahbarligida 3-kurs talabasi Akrom Komilov MDH mamlakatlari universitetlari orasidagi yakka tartibdagi tanlov yakuni bo‘yicha faxrli birinchi o‘rinni, shuningdek, oliygoh jamoasi umumiy hisobda faxrli 3-o‘rinni egalladi.
Mazkur olimpiadada 67 ta universitetdan 89 ta jamoa va umumiy hisobda 524 nafar talaba “Buxgalteriya hisobi” yo‘nalishidagi bilimlari bilan musobaqalashdi.
Yangiliklar lentasi
0