Rossiya mutaxassislari Storm Shadow raketasi sirlarini o‘rganmoqda — video

Obuna bo‘lish
Storm Shadow - zarba berish masofasi 250 dan 560 kilometrgacha, og‘irligi 1 tonnadan ortiq bo‘lgan qanotli raketa.
TOShKENT, 29 mar – Sputnik. Rossiyalik mutaxassislar birinchi marta Storm Shadow qanotli raketalarining ichki tuzilishini ko‘rsatdi.
Storm Shadow - Britaniya va Fransiya birgalikda ishlab chiqqan qanotli raketa. U havodan uchiriladi va zarba berish masofasi 250 dan 560 kilometrgacha. Ukraina Qurolli kuchlari o‘tgan yildan beri Storm Shadowʼdan faol foydalanmoqda.
Bunday ishlarni bajarish uchun saviyasi va malakasi yetarli bo‘lgan mutaxassislar taktik va texnik xususiyatlarini o‘rganish maqsadida Storm Shadow birliklari va komponentlarini demontaj qilishga kirishdilar.

"So‘nggi paytlarda biz Storm Shadow qanotli raketalarini o‘rganishda yaqindan ishtirok etmoqdamiz. Biz ularni zararsizlantirish texnologiyalari ustida ishlamoqdamiz”, — dedi agentlik suhbatdoshi.

Videoda, shuningdek, turboreaktiv dvigatel, past bosimli kompressor pichoqlari, raketa va uning korpusi yig‘iladigan materiallar, jumladan, qanotning kompozit materiali, qurilmaning turli kichik elementlari, belgilanishlari, ulanish va mahkamlagichlar ham ko‘rsatilgan.
Omon qolgan korpusning umumiy holatidan kelib chiqib, shunday xulosaga kelish mumkinki, raketa nishonga yaqinlashish vaqtida elektron urush tizimlari tomonidan bostirilgan yoki texnik nosozlik tufayli qulagan.
Yangiliklar lentasi
0