https://oz.sputniknews.uz/20240328/toshkent-uzfood-2024-xalqaro-korgazma-43168484.html
Toshkentdagi "UzFood-2024" xalqaro ko‘rgazmasida nimalar namoyish etilmoqda?
Toshkentdagi "UzFood-2024" xalqaro ko‘rgazmasida nimalar namoyish etilmoqda?
Sputnik O‘zbekiston
Bu yil "UzFood" 26 ta mamlakatdan 370 tadan ortiq ishlab chiqaruvchilarni birlashtirdi. 28.03.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-03-28T11:00+0500
2024-03-28T11:00+0500
2024-03-28T11:00+0500
video
toshkent
ko‘rgazma
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/1c/43172026_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_14a1f452d27609bd399f9135f03a5e1d.jpg
Poytaxtdagi “O‘zekspomarkaz”da 26-28 mart kunlari “Oziq-ovqat mahsulotlari, ingrediyentlar va ishlab chiqarish texnologiyalari – UzFood 2024” 23-xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.Bu yil "UzFood" o‘z tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkichni namoyish etmoqda - ko‘rgazmada 26 ta mamlakatdan 370 tadan ortiq kompaniya ishtirok etmoqda. O‘zbekiston, Avstriya, Ozarbayjon, Belarus, Bolgariya, Vyetnam, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Eron, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Singapur, Turkmaniston, Turkiya shular jumlasidandir.Eng ko‘p kompaniyalar Xitoy (116 kompaniya), Rossiya (84), Turkiya (23), Germaniya (21), Belarus (18) tomonidan taqdim etilgan. Rossiya Federatsiyasi stendlari Vladimir, Kurgan, Moskva, Nijniy Novgorod, Omsk, Razan viloyatlari, Oltoy va Primorsk o‘lkalari, shuningdek, Moskva tomonidan taqdim etilgan. Ular keng turdagi uskunalar (qadoqlash, go‘shtni qayta ishlash, oziq-ovqat, chakana savdo) va tayyor mahsulotlarni (kungaboqar yog‘i, muzqaymoq, sut konservalari, quruq sut, sariyog‘, ichimliklar, sog‘lom oziq-ovqat, baliq va dengiz mahsulotlari va boshqalar) namoyish etishmoqda.Bu yil ko‘rgazma pavilonlari mavzular bo‘yicha ajratilgan. Birinchi pavilonda ishlab chiqaruvchilar go‘shtni qayta ishlash, sut va yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarish, qandolatchilik sanoati, non va muzlatgichlar, shuningdek, sabzavot va mevalarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat uskunalarini taqdim etilmoqda.Ko‘rgazmaning yana bir bo‘limi “Qadoqlash. Uskunalar va materiallar - O’ZuPACK” deb nomlanadi. Qadoqlash sohasi yetakchilari matbaa va fleksografik uskunalar, to‘ldirish va yopish uskunalari, qopqoqlar, yumshoq, qog‘oz va vakuumli qadoqlar, markalash va yorliqlarni taqdim etdi.Tayyor mahsulotlar, jumladan, go‘sht va parranda go‘shti, sut mahsulotlari, qandolat mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari ikkita pavilonda yig‘ildi.Tashkilotchilarning fikricha, ko‘rgazma faxri uning doimiy ishtirokchilari bo‘lib, ularning mahsulotlari O‘zbekiston bozorida allaqachon yaxshi tanilgan. Ular orasida, masalan, Lyublin konserva zavodi mahsulotlarini eksklyuziv eksport qiluvchi hisoblanadi.Ko‘rgazma davomida ishlab chiqaruvchilar oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligidagi ilg‘or yechimlarni ham muhokama qilishadi. Xususan, qadoqlash va muzlatishning innovatsion yondashuvlari, ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligini oshirishga yordam beruvchi muhandislik yechimlari haqida so‘z boradi.Ko‘rgazma “O‘zekspomarkaz”da 28-martga qadar davom etadi. Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/1c/43172026_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_ddae646316e676fe8c2d82503b220396.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Anna Jelixovskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34393060_348:50:935:637_100x100_80_0_0_067faeb5a518bb96ff950ec2641bb91d.jpg
video, toshkent, ko‘rgazma, video
video, toshkent, ko‘rgazma, video
Toshkentdagi "UzFood-2024" xalqaro ko‘rgazmasida nimalar namoyish etilmoqda?
Eksklyuziv
Bu yil "UzFood" 26 ta mamlakatdan 370 tadan ortiq ishlab chiqaruvchilarni birlashtirdi.
Poytaxtdagi “O‘zekspomarkaz”da 26-28 mart kunlari “Oziq-ovqat mahsulotlari, ingrediyentlar va ishlab chiqarish texnologiyalari – UzFood 2024” 23-xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Bu yil "UzFood" o‘z tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkichni namoyish etmoqda - ko‘rgazmada 26 ta mamlakatdan 370 tadan ortiq kompaniya ishtirok etmoqda. O‘zbekiston, Avstriya, Ozarbayjon, Belarus, Bolgariya, Vyetnam, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Eron, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Singapur, Turkmaniston, Turkiya shular jumlasidandir.
Eng ko‘p kompaniyalar Xitoy (116 kompaniya), Rossiya (84), Turkiya (23), Germaniya (21), Belarus (18) tomonidan taqdim etilgan.
Rossiya Federatsiyasi stendlari Vladimir, Kurgan, Moskva, Nijniy Novgorod, Omsk, Razan viloyatlari, Oltoy va Primorsk o‘lkalari, shuningdek, Moskva tomonidan taqdim etilgan. Ular keng turdagi uskunalar (qadoqlash, go‘shtni qayta ishlash, oziq-ovqat, chakana savdo) va tayyor mahsulotlarni (kungaboqar yog‘i, muzqaymoq, sut konservalari, quruq sut, sariyog‘, ichimliklar, sog‘lom oziq-ovqat, baliq va dengiz mahsulotlari va boshqalar) namoyish etishmoqda.
“Zavodimizda kungaboqar yog‘i ishlab chiqariladi, bu yerda distributorlik kompaniyasi tashkil etib, O‘zbekiston bozoriga chiqishni rejalashtirganmiz, – deydi "Altayskoe pomestye" mas’uliyati cheklangan jamiyati savdo bo‘yicha menejeri Yelena Polyakova.
Bu yil ko‘rgazma pavilonlari mavzular bo‘yicha ajratilgan. Birinchi pavilonda ishlab chiqaruvchilar go‘shtni qayta ishlash, sut va yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarish, qandolatchilik sanoati, non va muzlatgichlar, shuningdek, sabzavot va mevalarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat uskunalarini taqdim etilmoqda.
“Biz plastik qadoqlash va aralash materiallar ishlab chiqaruvchilarmiz. Biz O‘zbekistondagi ko‘rgazmaga ilk bor keldik va biz o‘zimizni O‘zbekistondagi sut zavodlari uchun ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi sifatida e’lon qilmoqchimiz”, —dedi Sputnik muxbiriga "Kayros" AJ savdo bo‘yicha menejeri Tatyana Sergiyevich.
Ko‘rgazmaning yana bir bo‘limi “Qadoqlash. Uskunalar va materiallar - O’ZuPACK” deb nomlanadi. Qadoqlash sohasi yetakchilari matbaa va fleksografik uskunalar, to‘ldirish va yopish uskunalari, qopqoqlar, yumshoq, qog‘oz va vakuumli qadoqlar, markalash va yorliqlarni taqdim etdi.
Tayyor mahsulotlar, jumladan, go‘sht va parranda go‘shti, sut mahsulotlari, qandolat mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari ikkita pavilonda yig‘ildi.
Tashkilotchilarning fikricha, ko‘rgazma faxri uning doimiy ishtirokchilari bo‘lib, ularning mahsulotlari O‘zbekiston bozorida allaqachon yaxshi tanilgan. Ular orasida, masalan, Lyublin konserva zavodi mahsulotlarini eksklyuziv eksport qiluvchi hisoblanadi.
“Mahsulotlarimiz O‘zbekistonda anchadan beri, Sovet Ittifoqi davridan ma’lum bo‘lgan. Bu ko‘rgazmada biz sut konservalari va quruq sut mahsulotlarini namoyish etdik, – deydi "Sibirskiy" savdo uyi bosh direktori Sergey Xarkov.
Ko‘rgazma davomida ishlab chiqaruvchilar oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligidagi ilg‘or yechimlarni ham muhokama qilishadi. Xususan, qadoqlash va muzlatishning innovatsion yondashuvlari, ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligini oshirishga yordam beruvchi muhandislik yechimlari haqida so‘z boradi.
Ko‘rgazma “O‘zekspomarkaz”da 28-martga qadar davom etadi.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.