Toshkentda o‘tayotgan “UzFood 2024” ko‘rgazmasiga eng ko‘p Xitoy va Rossiya kompaniyalari keldi

© Ministerstvo selskogo xozaystva respubliki Uzbekistan.“UzFood 2024” xalqaro oziq-ovqat sanoati ko‘rgazmasi
“UzFood 2024” xalqaro oziq-ovqat sanoati ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2024
Obuna bo‘lish
“UzFood 2024” ko‘rgazmasida bu yil ham o‘tgan yilga nisbatan ishtirokchilar 35 foizga o‘sdi.
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. “UzFood 2024” xalqaro oziq-ovqat sanoati ko‘rgazmasida Xitoy va Rossiyadan 200 ta kompaniya ishtirok etmoqda. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
Ko‘rgazmada Avstriya, AQSh, BAA, Belarus, Bolgariya, Vyetnam, Germaniya, Indoneziya, Italiya, Koreya, Litva, Niderlandlar, Ozarbayjon, Pokiston, Rossiya, Singapur, Tailand, Turkiya, Turkmaniston, Fransiya, Xitoy, Shri-Lanka, Eron, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Hindiston o‘zining oziq-ovqat sanoatini namoyish etmoqda.
Mazkur ko‘rgazma yillar davomida soha mutaxassislari uchun ko‘p qirrali biznes maydoni bo‘lib, u oziq-ovqat sanoati ishlab chiqarish zanjirining to‘liq siklini – dala va fermadan tortib tayyor mahsulotgacha, shu jumladan, qayta ishlash, qadoqlash va saqlash jarayonini o‘zida aks ettirgan.
“Har yili ko‘rgazma ekspozitsiyasi yangi kompaniyalarni jalb qilish orqali kengaytiriladi. Bu yil ham o‘tgan yilga nisbatan ishtirokchilar 35 foizga o‘sdi”, — deyiladi xabarda.
Ko‘rgazma pavilonlari:
1-pavilon - oziq-ovqat uskunalarining keng assortimenti: go‘sht qayta ishlash, sut mahsulotlari ishlab chiqarish, yog‘-moy ishlab chiqarish, qandolat sanoati, non pishirish va sovutish, shuningdek sabzavot va mevalarni qayta ishlash liniyalari.
2-pavilon - ko‘rgazmaning ixtisoslashtirilgan bo‘limi “Qadoqlash. Uskunalar va materiallar - O‘ZuPACK”, bu yerda qadoqlash sanoati uchun zarur bo‘lgan barchasi taqdim etiladi: qadoqlash, poligrafik va fleksografik uskunalar, saralash uskunalari, idishga quyish va yopish, qopqoqlar, yumshoq, qog‘oz va vakumli qadoqlar, markalash va etiketkalar.
3- va 4 - pavilonlar - tayyor mahsulotlar, unda ishtirokchilar go‘sht va parranda go‘shti, sut mahsulotlari, qandolat mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar, oziq-ovqat ingrediyentlari va boshqalar namoyish etiladi.

“UzFood" ko‘rgazmasi mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun o‘z mahsulotlarini xorijiy mutaxassislarga taqdim etish va eksport muammolarini hal qilishda, shuningdek, xorijiy kompaniyalar uchun O‘zbekiston bozoriga kirishda muhim rol o‘ynaydi”, — deyiladi xabarda.

Bu yil mahalliy kompaniyalar sharbatlar, pivo va sharob ishlab chiqarish uskunalari, oziq-ovqat va qadoqlash uskunalari, qandolat mahsulotlari, muzlatilgan dengiz mahsulotlari ishlab chiqarish uchun keng ko‘lamli uskunalar bilan chiqishmoqda.
© Ministerstvo selskogo xozaystva respubliki Uzbekistan.“UzFood 2024” xalqaro oziq-ovqat sanoati ko‘rgazmasi
Mejdunarodnaya Vistavka Produkti pitaniya, ingrediyenti i texnologii proizvodstva - UzFood 2024 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2024
“UzFood 2024” xalqaro oziq-ovqat sanoati ko‘rgazmasi
Ishtiroki bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning top-5 taligi:
Xitoy — 116 kompaniya;
Rossiya — 84 kompaniya;
Turkiya — 23 kompaniya;
Germaniya — 21 kompaniya;
Belarus — 18 kompaniya.

“Ko‘rgazmada Belarus Respublikasi, Germaniya milliy pavilonlari, shuningdek, Avstriya, Indoneziya, Pokiston, Rossiya, Shri-Lanka kompaniyalarining jamoaviy ishtiroki namoyish etilmoqda. Xitoy va Turkiyadan kelgan kompaniyalar ham keng qamrovda ishtirok etishmoqda”, — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.

Ma’lumot uchun, ko‘rgazma 26-mart kuni boshlangan va u o‘z ishini 28-martgacha davom ettiradi. O‘tgan yili ko‘rgazmasda 26 ta mamlakatdan 280 tadan ortiq kompaniya o‘z mahsulotlarini taqdim etgan.
Yangiliklar lentasi
0