https://oz.sputniknews.uz/20240327/rustam-minnixanov-43159436.html
Tatariston raisi Surxondaryo viloyatiga keldi
Tatariston raisi Surxondaryo viloyatiga keldi
Sputnik O‘zbekiston
Tashrif davomida muzokaralar o‘tkaziladi.
2024-03-27T12:00+0500
2024-03-27T12:00+0500
2024-03-27T13:55+0500
jamiyat
o‘zbekiston
tatariston
rustam minnixanov
surxondaryo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/1b/43160749_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_758aaf561d22f0d61aedff0abfd6ae95.jpg
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Tatariston respublikasi raisi Rustam Minnixanov Surxondaryo viloyatiga keldi, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning o‘zaro tashriflardagi taklifiga binoan Tatariston raisi Rustam Minnixanov amaliy tashrif bilan viloyatga tashrif buyurdi.Martalabali mehmonni Termiz xalqaro aeroportida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi rasmiylar kutib oldi.Shundan so‘ng, Islom olamining buyuk allomasi, hadis ilmining yetuk olimi Al Hakim at-Termiziy maqbarasi ziyorat qilindi. Qur’on oyatlari tilovat etildi. Rustam Minnixanov “Termiz xalqaro savdo markazi”ga tashrif buyurdi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Tatariston raisini Termizdan Afg‘onistonga yuklar o‘tkaziladigan maxsus yo‘lak bilan tanishtirdi. Shundan so‘ng, mehmonlarga “Termiz xalqaro savdo markazi”da amalga oshirilayotgan loyihalar, yaratilayotgan qulaylik va imkoniyatlar haqida taqdimot qilindi.Tashrif davomida quyidagilar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish belgilangan:Shuningdek, vohadagi tarixiy va diqqatga sazovor joylarga tashrif amalga oshiriladi.Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Rustam Minnixanov Nukus shahriga tashrif buyurib, u yerdagi bir qator korxonalarni borib ko‘rgan edi.
o‘zbekiston
tatariston
surxondaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/1b/43160749_103:0:1240:853_1920x0_80_0_0_2c0ba10aa3f677c6bd6d02c355eb8717.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tatariston raisi rustam minnixanov surxondaryo viloyati
tatariston raisi rustam minnixanov surxondaryo viloyati
Tatariston raisi Surxondaryo viloyatiga keldi
12:00 27.03.2024 (yangilandi: 13:55 27.03.2024) Tashrif davomida muzokaralar o‘tkaziladi.
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Tatariston respublikasi raisi Rustam Minnixanov Surxondaryo viloyatiga keldi, deya xabar berdi viloyat hokimligi
matbuot xizmati. Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning o‘zaro tashriflardagi taklifiga binoan Tatariston raisi Rustam Minnixanov amaliy tashrif bilan viloyatga tashrif buyurdi.
Martalabali mehmonni Termiz xalqaro aeroportida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi rasmiylar kutib oldi.
Shundan so‘ng, Islom olamining buyuk allomasi, hadis ilmining yetuk olimi Al Hakim at-Termiziy maqbarasi ziyorat qilindi. Qur’on oyatlari tilovat etildi.
Rustam Minnixanov “Termiz xalqaro savdo markazi”ga tashrif buyurdi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Tatariston raisini Termizdan Afg‘onistonga yuklar o‘tkaziladigan maxsus yo‘lak bilan tanishtirdi.
Shundan so‘ng, mehmonlarga “Termiz xalqaro savdo markazi”da amalga oshirilayotgan loyihalar, yaratilayotgan qulaylik va imkoniyatlar haqida taqdimot qilindi.
Tashrif davomida quyidagilar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish belgilangan:
ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishuv;
kelgusidagi hamkorlik istiqbollari.
Shuningdek, vohadagi tarixiy va diqqatga sazovor joylarga tashrif amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Rustam Minnixanov Nukus shahriga tashrif buyurib, u yerdagi bir qator korxonalarni borib
ko‘rgan edi.