Namangan xalqaro aeroporti imkoniyatlari qanday kengaytirilishi ma’lum bo‘ldi

© Namangan viloyati hokimligiNamangandan Qozog‘istonga ilk aviaparvoz amalga oshirildi
Namangandan Qozog‘istonga ilk aviaparvoz amalga oshirildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2024
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Namangan xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish loyihasi bilan tanishdi.
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Namangan xalqaro aeroportining yo‘lovchi terminali quvvati soatiga 1 ming nafarga yetkaziladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev Namangan xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish loyihasi bilan tanishdi.

"Farg‘ona vodiysidan mamlakatimiz vohalariga dovon orqali o‘tiladi. Poyezd qatnovlari hamma yo‘nalishlarda ham emas. Shu bois mazkur aeroport infratuzilmasini yangilashni hayotning o‘zi taqozo qilmoqda. Bu tadbirkorlik, transport xizmatlari va turizm rivojiga katta turtki beradi", — deyiladi xabarda.

Loyiha doirasida yuk terminali, keytering, yonilg‘i quyish majmuasi va boshqa xo‘jalik binolari qurilishi rejalashtirilgan.
"Aeroportning yo‘lovchi terminali quvvati soatiga 1 ming nafarga yetkaziladi. Yuk terminali tadbirkorlik, eksport va tranzit salohiyatini oshiradi", — deya qayd etilgan xabarda.
Shu bilan birga, maxsus servis texnikalari parki yangilanadi. Bu istalgan turdagi samolyotlarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish imkonini yaratadi.
Davlat rahbari aeroportning samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Mahalliy va xalqaro reyslarni ko‘paytirish, logistika imkoniyatlaridan to‘la foydalanish zarurligini aytdi.
Chiptalar narxini aholiga qulay qilish asosiy vazifa etib qo‘yildi.
Yangiliklar lentasi
0