Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIda davlat xaridlari o‘smoqda, lekin o‘zaro ishtirok kam — YeIK

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishFlagi stran-uchastnis Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YeAES)
Flagi stran-uchastnis Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YeAES) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2024
Obuna bo‘lish
Maksim Yermolovichning so‘zlariga ko‘ra, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida 2022-yilda davlat xaridlari bozori 35% oshdi.
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) davlat xaridlari o‘smoqda, lekin o‘zaro ishtirok kam. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining (YeIK) raqobat va monopoliyaga qarshi tartibga solish vaziri Maksim Yermolovich ma’lum qildi.
Yermolovich va Belarus bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Nikolay Snopkov uchrashdi. Yig‘ilishda YeOII mamlakatlarida davlat xaridlaridan teng foydalanishni ta’minlash, o‘zaro ishtirok ulushini oshirish masalalari diqqat markazida bo‘ldi.
Maksim Yermolovich ta’kidlaganidek, YeOIIda davlat xaridlari bozori hajmi 190 milliard dollardan oshdi va o‘sishda davom etmoqda, ammo hozircha davlat xaridlarida o‘zaro ishtirok etish kam.
"Faqat proteksionizmni o‘zaro rad etish orqali davlatlar o‘z savdosini rivojlantirib, raqobatni kuchaytira oladilar", — dedi YeIK vaziri.
O‘z navbatida, Nikolay Snopkov Belarus tovarlarini YeOII mamlakatlariga yetkazib berish ko‘payib borayotganini, Belarus korxonalari davlat xaridlarida faol ishtirok etayotganini ta’kidladi.

“Asosiy yo‘nalish – beshlikning umumiy bozori yanada ochiq bo‘lishi. Buning uchun har xil turdagi milliy imtiyozlarni bekor qilish, teng foydalanish va teng raqobatni ta’minlash zarur”, — dedi Snopkov.

Yermolovichning so‘zlariga ko‘ra, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida 2022-yilda davlat xaridlari bozori 35% ga oshdi.
“2020 yilda YeOIIda davlat xaridlari bozori hajmi 140 milliard dollardan kam bo‘lgan bo‘lsa, 2022-yilda bu ko‘rsatkich 190 milliard dollardan oshdi. Ammo davlat xaridlarida o‘zaro ishtirok hali ham kichik”, —dedi Yermolovich.
Yangiliklar lentasi
0