https://oz.sputniknews.uz/20240325/toshkent-yangi-avlod-maxsus-sanoat-zona-43128648.html
Toshkentda “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi — tafsilotlar
Toshkentda “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Maxsus sanoat zonasida 2025-yil yakunigacha 1,5 milliard dollar miqdorigacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari o‘zlashtiriladi.
2024-03-25T16:12+0500
2024-03-25T16:12+0500
2024-03-25T16:12+0500
o‘zbekiston
soliq
bojxona
investitsiya
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/13/43030696_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_e75fb6398216cff87e56216b015cb6b0.jpg
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Toshkentda “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan tegishli qarorda nazarda tutilgan.Unga ko‘ra, Toshkent shahri Yangihayot tumanida “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi (“Yangi avlod” MSZ) tashkil etiladi (faoliyat yuritish muddati 30-yil).Sanoat zonasi faoliyati davomida uning ishtirokchilariga maxsus iqtisodiy zonalari ishtirokchilari uchun belgilangan alohida soliq, bojxona imtiyozlari va boshqa preferensiyalar tatbiq etiladi.Sanoat zonani boshqarish uchun mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida “Yangi avlod” boshqaruvchi kompaniyasi tashkil etiladi.“Yangi avlod” MSZ hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalari boshqaruvchi kompaniya tomonidan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali ijaraga beriladi.MSZ hududida 2025-yil yakunigacha 1,5 milliard dollar miqdorigacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari o‘zlashtirilishi, natijada 2,5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi ta’minlanadi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi to‘g‘risidagi axborot bilan tanishgan edi. Qayd etilishicha, 664,5 gektar maydonni egallaydigan sanoat zonasida yiliga 1 trillion so‘mdan ortiq sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va 5 million dollar miqdorida eksport amalga oshirish rejalashtirilmoqda.Sanoat zonasi Yangihayot tumanining sanoat salohiyatini oshirish va yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/13/43030696_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_6e32ed910ed1df6814c260f9e7faa9d1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
chet el investitsiyalari toshkent “yangi avlod” maxsus sanoat zonasi
chet el investitsiyalari toshkent “yangi avlod” maxsus sanoat zonasi
Toshkentda “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi — tafsilotlar
Maxsus sanoat zonasida 2025-yil yakunigacha 1,5 milliard dollar miqdorigacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari o‘zlashtiriladi.
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Toshkentda “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan tegishli qarorda
nazarda tutilgan. Unga ko‘ra, Toshkent shahri Yangihayot tumanida “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi (“Yangi avlod” MSZ) tashkil etiladi (faoliyat yuritish muddati 30-yil).
Sanoat zonasi faoliyati davomida uning ishtirokchilariga maxsus iqtisodiy zonalari ishtirokchilari uchun belgilangan alohida soliq, bojxona imtiyozlari va boshqa preferensiyalar tatbiq etiladi.
Sanoat zonani boshqarish uchun mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida “Yangi avlod” boshqaruvchi kompaniyasi tashkil etiladi.
“Yangi avlod” MSZ hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalari boshqaruvchi kompaniya tomonidan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali ijaraga beriladi.
MSZ hududida 2025-yil yakunigacha 1,5 milliard dollar miqdorigacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari o‘zlashtirilishi, natijada 2,5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi ta’minlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi to‘g‘risidagi axborot bilan tanishgan edi. Qayd etilishicha, 664,5 gektar maydonni egallaydigan sanoat zonasida yiliga 1 trillion so‘mdan ortiq sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va 5 million dollar miqdorida eksport amalga
oshirish rejalashtirilmoqda.Sanoat zonasi Yangihayot tumanining sanoat salohiyatini oshirish va yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilmoqda.