https://oz.sputniknews.uz/20240325/ekaterinburg-ozbekiston-turizm-taqdimot-43126695.html
Yekaterinburgda O‘zbekistonning turizm salohiyati namoyish etildi
Yekaterinburgda O‘zbekistonning turizm salohiyati namoyish etildi
Sputnik O‘zbekiston
Mehmonlarga amaliy san’at mahsulotlari, gastronomik turizmning o‘ziga xos xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
2024-03-25T14:30+0500
2024-03-25T14:30+0500
2024-03-25T14:33+0500
turizm
rossiya
o‘zbekiston
ramazon
hunarmandlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/727/94/7279481_0:160:3076:1890_1920x0_80_0_0_a7babf04aefb5fb1c99671cc2fa2cad1.jpg
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Yekaterinburgda O‘zbekistonning ziyorat turizmi sohasidagi sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Yekaterinburg shahrida kechki iftor tashkil etilib, mamlakatning ziyorat turizmi sohasidagi sayyohlik salohiyatini ochib beruvchi videofilmlar va taqdimot namoyish etildi.Tadbirda Sverdlovsk viloyati mahalliy hokimiyatining bir qator vakillari, Rossiya TIV Uraldagi vakilining o‘rinbosari, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Tojikistonning Yekaterinburgdagi bosh konsullari va diplomatlari, bir qator Kavkaz respublikalari, xususan Dog‘iston, Ingushetiya, Checheniston hukumatlarining Uraldagi doimiy vakillari, turli diaspora rahbarlari, Chelyabinsk, Sovetskiy, Yekaterinburgdagi o‘zbek diaspora rahbarlari hamda talabalar ishtirok etdi.Shu bilan birga, tadbir mehmonlariga o‘zbekistonlik hunarmandlar tomonidan amaliy san’at mahsulotlari, shuningdek, gastronomik turizmning o‘ziga xos xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.Tataristonning Uraldagi doimiy vakili Haydar Gilfanov Bosh konsulxona ochilganidan so‘ng O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyati hamda qadriyatlari keng targ‘ib qilinayotganini e’tirof etdi.
https://oz.sputniknews.uz/20240305/rossiya-ishbilarmonlar-samarqand-toshkent-42779959.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/727/94/7279481_173:0:2904:2048_1920x0_80_0_0_33368baea17aade243b4c3f22291f7f9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yekaterinburg o‘zbekiston turizm salohiyati
yekaterinburg o‘zbekiston turizm salohiyati
Yekaterinburgda O‘zbekistonning turizm salohiyati namoyish etildi
14:30 25.03.2024 (yangilandi: 14:33 25.03.2024) Mehmonlarga amaliy san’at mahsulotlari, gastronomik turizmning o‘ziga xos xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Yekaterinburgda O‘zbekistonning ziyorat turizmi sohasidagi sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi
"Dunyo" AA. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Yekaterinburg shahrida kechki iftor tashkil etilib, mamlakatning ziyorat turizmi sohasidagi sayyohlik salohiyatini ochib beruvchi videofilmlar va taqdimot namoyish etildi.
Tadbirda Sverdlovsk viloyati mahalliy hokimiyatining bir qator vakillari, Rossiya TIV Uraldagi vakilining o‘rinbosari, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Tojikistonning Yekaterinburgdagi bosh konsullari va diplomatlari, bir qator Kavkaz respublikalari, xususan Dog‘iston, Ingushetiya, Checheniston hukumatlarining Uraldagi doimiy vakillari, turli diaspora rahbarlari, Chelyabinsk, Sovetskiy, Yekaterinburgdagi o‘zbek diaspora rahbarlari hamda talabalar ishtirok etdi.
“Uchrashuvda O‘zbekistonning turli hududlarida joylashgan muqaddas ziyoratgohlar haqidagi ma’lumotlar mehmonlar e’tiboriga havola qilindi”, — deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, tadbir mehmonlariga o‘zbekistonlik hunarmandlar tomonidan amaliy san’at mahsulotlari, shuningdek, gastronomik turizmning o‘ziga xos xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tataristonning Uraldagi doimiy vakili Haydar Gilfanov Bosh konsulxona ochilganidan so‘ng O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyati hamda qadriyatlari keng targ‘ib qilinayotganini e’tirof etdi.