https://oz.sputniknews.uz/20240324/rossiya-tula-ozbekiston-savdo-uyi-43115045.html
Rossiyaning Tula shahrida O‘zbekiston savdo uyi ochilishi mumkin
Rossiyaning Tula shahrida O‘zbekiston savdo uyi ochilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi savdo vakili Konstantin Zligostev Tula viloyati va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning uchta yo‘nalishini taklif qildi.
2024-03-24T10:45+0500
2024-03-24T10:45+0500
2024-03-24T10:45+0500
iqtisod
rossiya
o‘zbekiston
o‘zbekiston - rossiya
savdo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/18/43113646_0:0:1080:608_1920x0_80_0_0_6e2eb43281542940be0a2ecde81377a0.jpg
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Tula shahrida O‘zbekiston savdo uyi ochilishi mumkin. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Savdo vakolatxonasi matbuot xizmati xabar berdi.Tula viloyati gubernatori Aleksey Dumin, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Aleksey Gruzdev va Rossiyaning xorijiy davlatlardagi savdo vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ushbu imkoniyat, shuningdek, respublika va Rossiyaning boshqa mintaqasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.Ishchi uchrashuv Tula viloyatining xorijiy davlatlar bilan tashqi savdo hamkorligini rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlandi. Qayd etilishicha, tadbirda viloyatdagi yetakchi eksportbop korxonalar ham ishtirok etdi.Xususan, Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zligostev Tula viloyati va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning uchta yo‘nalishini taklif qildi.Bu:
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/18/43113646_83:0:1043:720_1920x0_80_0_0_be83ed40ef5aa0fe11c735fd33caee16.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya tula shahri o‘zbekiston savdo uyi
rossiya tula shahri o‘zbekiston savdo uyi
Rossiyaning Tula shahrida O‘zbekiston savdo uyi ochilishi mumkin
Rossiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi savdo vakili Konstantin Zligostev Tula viloyati va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning uchta yo‘nalishini taklif qildi.
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Tula shahrida O‘zbekiston savdo uyi ochilishi mumkin. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Savdo vakolatxonasi matbuot xizmati xabar berdi.
Tula viloyati gubernatori Aleksey Dumin, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Aleksey Gruzdev va Rossiyaning xorijiy davlatlardagi savdo vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ushbu imkoniyat, shuningdek, respublika va Rossiyaning boshqa mintaqasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Ishchi uchrashuv Tula viloyatining xorijiy davlatlar bilan tashqi savdo hamkorligini rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlandi. Qayd etilishicha, tadbirda viloyatdagi yetakchi eksportbop korxonalar ham ishtirok etdi.
“Tadbir dasturida Rossiyaning O‘zbekiston, Belarus, Turkiya va BAAdagi savdo vakillarining chiqishlari o‘rin olgan”, — deyiladi xabarda.
Xususan, Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zligostev Tula viloyati va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning uchta yo‘nalishini taklif qildi.
“INNOPROM. Markaziy Osiyo” kunlarida viloyat ko‘rgazma zalining (shou-rum) ochilishi;
Tula shahrida o‘zbek savdo uyining ochilishi;
“Uzlovaya” va O‘zbekiston erkin iqtisodiy zonalari o‘rtasida tajriba almashish.