Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentiga hamdardlik bildirdi

Flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2024
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev Moskvadagi teraktda o‘nlab kishilar qurbon bo‘lishi munosabati bilan Putinga ta’ziya yo‘lladi.
TOShKENT, 22 mar - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga Moskvadagi "Krokus Siti Xoll" konsert zalida sodir bo‘lgan fojia oqibatida o‘nlab begunoh insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi.
Maktubda O‘zbekiston tinch aholiga qarshi qaratilgan bu terrorchilik harakatini qat’iy qoralashi bildirilgan. Davlat rahbari vafot etganlarning yaqinlariga bardamlik, barcha jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.
Juma kuni Moskvadagi Krokus Siti Xoll konsert zaliga uyushtirilgan terakt oqibatida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 40 kishi qurbon bo‘lgan 100dan ortiq odam jarohatlangan.
Yangiliklar lentasi
0