https://oz.sputniknews.uz/20240323/markaziy-osiyo-davlatlari-rahbarlari-putinga-hamdardlik-bildirdi-43106537.html
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Putinga hamdardlik bildirdi
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Putinga hamdardlik bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Putinga hamdardlik bildirdi
2024-03-23T10:36+0500
2024-03-23T10:36+0500
2024-03-23T10:36+0500
rossiya
moskva
krokus siti xolldagi terakt
terakt
markaziy osiyo
o‘zbekiston
qozog‘iston
qirg‘iziston
tojikiston
turkmaniston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/0c/42904500_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_5213e1d62403a877ed62ff5b84274da5.jpg
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Krasnogorskdagi terakt munosabati bilan hamdardlik bildirdi.Berdimuhamedovga ko‘ra, “Turkmaniston terrorizm va ekstremizmning har qanday ko‘rinishlarini keskin qoralar ekan, jahon hamjamiyatining ushbu illatga qarshi kurashish va unga barham berish borasidagi sa’y-harakatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi”.“Krokus siti xoll”dagi terakt munosabati bilan Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Rossiya prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik telegrammasi yo‘llab, unda ushbu g‘ayriinsoniy zo‘ravonlik harakatini keskin qoraladi.“Ushbu qayg‘uli soatlarda sizga, qurbonlarning qarindoshlari va yaqinlariga hamda barcha do‘st Rossiya xalqiga samimiy hamdardlik va qo‘llab-quvvatlash so‘zlarimizni bildiraman. Barcha jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilayman”, - deb yozadi Rahmon.O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga Moskvadagi "Krokus siti xoll" konsert zalida sodir bo‘lgan fojia oqibatida o‘nlab begunoh insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi.Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Rossiya prezidenti Vladimir Putinga terakt qurbonlari ko‘pligi munosabati bilan hamdardlik bildirdi.Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligi ham teraktni keskin qoraladi va halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.22 mart kuni kechqurun Moskvadagi “Krokus siti xoll” konsert zaliga terakt uyushtirildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 60 kishi halok bo‘lgan, biroq bu raqam o‘sishi mumkin. Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashkoning aytishicha, 115 kishi kasalxonaga yotqizilgan, ulardan besh nafari bolalar, 60 nafari kattalar va bir nafar chaqaloq – uning ahvoli og‘ir. Terakt yuzasidan jinoiy ish ochilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20240323/moskvadagi-krokus-siti-xollga-terrorchilar-hujum-qildi-tafsilotlar-43100669.html
o‘zbekiston
qozog‘iston
qirg‘iziston
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/0c/42904500_0:0:2732:2048_1920x0_80_0_0_9ec819f45fcc4449749472142532c8e3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
markaziy osiyo davlatlari rahbarlari putinga hamdardlik bildirdi
markaziy osiyo davlatlari rahbarlari putinga hamdardlik bildirdi
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Putinga hamdardlik bildirdi
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 60 kishi halok bo‘lgan, biroq bu raqam o‘sishi mumkin.
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Krasnogorskdagi terakt munosabati bilan
hamdardlik bildirdi. “Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinga Krasnogorsk shahridagi "Krokus siti xoll" konsert zalida yuz bergan qurolli hujum va portlash oqibatida ko‘plab qurbonlar va jarohatlanishlar munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi”, - deyiladi xabarda.
Berdimuhamedovga ko‘ra, “Turkmaniston terrorizm va ekstremizmning har qanday ko‘rinishlarini keskin qoralar ekan, jahon hamjamiyatining ushbu illatga qarshi kurashish va unga barham berish borasidagi sa’y-harakatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi”.
“Krokus siti xoll”dagi terakt munosabati bilan Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Rossiya prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik telegrammasi yo‘llab, unda ushbu g‘ayriinsoniy zo‘ravonlik harakatini keskin qoraladi.
“Krokus siti xoll” majmuasida ko‘plab rossiyalik fuqarolarning o‘limi va jarohatlanishiga sabab bo‘lgan shafqatsiz terrorchilik hujumi haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik va oqlashga hech qanday asos bo‘lmagan ushbu g‘ayriinsoniy harakatni keskin qoralaymiz”, — deyiladi telegrammada.
“Ushbu qayg‘uli soatlarda sizga, qurbonlarning qarindoshlari va yaqinlariga hamda barcha do‘st Rossiya xalqiga samimiy hamdardlik va qo‘llab-quvvatlash so‘zlarimizni bildiraman. Barcha jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilayman”, - deb yozadi Rahmon.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga Moskvadagi "Krokus siti xoll" konsert zalida sodir bo‘lgan fojia oqibatida o‘nlab begunoh insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi.
Maktubda O‘zbekiston tinch aholiga qarshi qaratilgan bu terrorchilik harakatini qat’iy qoralashi bildirilgan. Davlat rahbari vafot etganlarning yaqinlariga bardamlik, barcha jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Rossiya prezidenti Vladimir Putinga terakt qurbonlari ko‘pligi munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, terrorchilikni oqlab bo‘lmaydi va u BMTga a’zo davlatlarni begunoh fuqarolarga nisbatan zo‘ravonliklarning bunday turiga bir ovozdan qarshilik ko‘rsatishga chaqiradi.
Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligi ham teraktni keskin qoraladi va halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
22 mart kuni kechqurun Moskvadagi “Krokus siti xoll” konsert zaliga terakt uyushtirildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 60 kishi halok bo‘lgan, biroq bu raqam o‘sishi mumkin. Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashkoning aytishicha, 115 kishi kasalxonaga yotqizilgan, ulardan besh nafari bolalar, 60 nafari kattalar va bir nafar chaqaloq – uning ahvoli og‘ir. Terakt yuzasidan jinoiy ish ochilgan.