“Krokus”dagi terakt ishtirokchilari qo‘lga olindi

© Sputnik / Sergey Bobylev / Mediabankka o‘tishSotrudniki silovix struktur u konsertnogo zala "Krokus Siti Xoll", gde proizoshla strelba
Sotrudniki silovix struktur u konsertnogo zala Krokus Siti Xoll, gde proizoshla strelba - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2024
Obuna bo‘lish
FXX direktori Bortnikov Putinga teraktga bevosita aloqador bo‘lgan 11 kishi, to‘rt nafar terrorchi qo‘lga olingani haqida ma’lum qildi.
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov Vladimir Putinga "Krokus Siti Xoll"ga hujumda ishtirok etgan terrorchilar qo‘lga olingani haqida ma’lum qildi, deb xabar berdi Kreml.
“FXX direktori Bortnikov Putinga teraktga bevosita aloqador bo‘lgan 11 kishi, to‘rt nafar terrorchi qo‘lga olingani haqida ma’lum qildi”, — deyiladi Rossiya prezidenti matbuot xizmati xabarida.
Hozirda terrorchilarning sheriklarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.
Juma kuni kechqurun Krasnogorskdagi "Krokus Siti Xoll"da otishma va yong‘in sodir bo‘ldi. Bu vaqtda u yerda “Piknik” guruhining konserti bo‘lishi kerak edi. Voqea guvohi bo‘lgan RIA Novosti muxbirining aytishicha, kamida uch kishi kamuflyajda va niqobsiz zalga parter orqali kirib kelgan. Jinoyatchilar odamlarni aniq masofadan otib o‘qqa tutgan, shuningdek, yondiruvchi shashkalar ham tashlagan. Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 93 kishi halok bo‘lgan. Moskva viloyati Sog‘liqni saqlash vazirligi 37 nafar qurbonlar ro‘yxatini e’lon qildi. Yuzdan ortiq jarohatlanganlar ma’lum, uch bola halok bo‘lgan.
Tergov qo‘mitasi terakt yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atgan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Vladimir Putin “Krokus”dagi otishma haqida dastlabki daqiqalarda xabardor bo‘lgan, u nima bo‘layotgani va ko‘rilgan choralar haqida barcha tegishli xizmatlar orqali ma’lumot olmoqda.
V posolstvo RF v RUz nesut sveti v svazi teraktom v Krokus Siti Xoll - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2024
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi terakt munosabati bilan bayonot berdi
Yangiliklar lentasi
0