https://oz.sputniknews.uz/20240322/rossiya-chegarasida-zombi-davlat-shakllanmoqda-43097388.html
Rossiya chegarasida zombi davlat shakllanmoqda
Rossiya chegarasida zombi davlat shakllanmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Agar mamlakatda bosh vazir zombi bo‘lsa bu — yomon, lekin agar butun mamlakat zombi bo‘lsa, bu muqarrar milliy falokatga olib keladigan yo‘ldir. 22.03.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-03-22T20:30+0500
2024-03-22T20:30+0500
2024-03-22T20:30+0500
estoniya
bosh vazir
nato
yevropa ittifoqi
rossiya
kolumnistlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/09/28953052_0:0:2847:1602_1920x0_80_0_0_722c119d1a63e0027ef4d00e9a2f3d74.jpg
Oddiy tirik o‘liklar yoki "zombi"larga Estoniya bosh vaziri Kaya Kallas qo‘shildi. Yaqinda EUObserver nashriga u ochiqchasiga aytdi: "Men o‘zimga nisbatan siyosiy qotillik sodir etayapman, lekin boshqa ilojim yo‘q". RIA Novosti xabariga asosan. Bu bitta narsani anglatadi: G‘arb yuqori idoralarida Kaya Kallasning muddati tugayapti degan xulosaga kelishgan va unga oqibatlarini o‘ylamasdan eng og‘ir ishlarni topshirish mumkin, chunki "zombiga hamma narsa baribir".Bu ham yetmagandek, u Rossiya bilan barcha iqtisodiy aloqalarni uzib, NATO va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarini Ukrainaga yetarlicha yordam bermaslikda aybladi. Vaziyat shu darajaga yetdiki, Kallas Ukrainaga fransuz askarlari o‘rniga estoniyaliklar borishi mumkinligiga ishora qildi.Yaqinda NATOga yangi bosh kerak bo‘lib qoldi va Kallas, ehtimol, o‘zini muddatidan oldin ushbu lavozimda his qilib, qizarib mushtlarini silkitdi:Lekin, shuncha jonbozlikka qaramasdan NATO qo‘g‘irchoq o‘ynatuvchilari "bu opaning boshi joyida emas"ligini tushunishdi va uning nomzodini rad etishdi.Shundan so‘ng ham Kallas bo‘sh kelgani yo‘q va bor kuchi bilan Estoniyani G‘arbning Rossiya chegarasidagi forpostiga aylantirishga shoshildi. Yuzlab kilometrlarga "Maginot" va "Mannerxaym" mudofaa liniyalari qurila boshlan. Shuningdek barcha qurilish kompaniyalariga 1200 kvadrat metrdan ko‘p bo‘lgan barcha yangi binolarda bombapanohgohlar qurish majburiy bo‘ldi.Kallas aytishga ko‘ra, "Ukrainadagi mojaro tugagandan so‘ng rus askarlari birinchi navbatda Boltiqbo‘yi davlatlariga bostirib kirishiga tayyor bo‘lish kerak."Ammo so‘nggi 16-yilda Estoniyada barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlarning pasayishi kuzatilmoqda. Rossiya bilan yagona energiya halqasidan chiqish va Rossiya energiya manbalaridan voz kechish — respublikada elektr va issiqlik narxining keskin oshishiga olib keldi. Transport sohasi ko‘z o‘ngimizda to‘xtab qoldi. Estoniyada inflyatsiya Yevropa Ittifoqida eng yuqori darajaga ko‘tarildi, davlat xarajatlari oshib bormoqda, chakana savdo va umumiy iste’mol pasaymoqda. Joriy yilda eksport 11 va import 13 foizga qisqardi. Bir yil ichida ko‘plab asosiy mahsulotlar ikki baravar qimmatlashdi.Bundan tashqari, Kallas Ukraina Qurolli kuchlariga moliyaviy yordamni mamlakat yalpi ichki mahsulotining uch foizigacha oshirish tashabbusi bilan chiqdi, (bu harbiy xarajatlar uchun YaIMning uch foiziga qo‘shimcha).Ammo ularning muammosi shundaki, Kallasni ishdan bo‘shatish hech narsani o‘zgartirmaydi. Mag‘rur estoniyaliklar endi Rossiyaga qarshi kurashda oldingi safda ekanliklariga aminlar va ular ortida NATO va Yevropa Ittifoqining mustahkam kuchlari borligiga ishonishmoqda. Ammo ular katta shaxmat taxtasida shunchaki piyoda ekanini, va har qanday to‘qnashuvda birinchi o‘rinda piyodalar qurbon qilinishini tushunmaydilar. Rossiya ustidan ehtimoliy g‘alaba uchun G‘arb boshqa piyodalar kabi Estoniyani ham osongina qurbon qiladi. Albatta, bu estonlarning o‘z qo‘li bilan, ya’ni go‘yoki o‘zlari tanlagan rahbarlar yetakchiligida amalga oshiriladi. Agar mamlakatda bosh vazir zombi bo‘lsa bu — yomon, lekin agar butun mamlakat zombi bo‘lsa, bu muqarrar milliy falokatga olib keladigan yo‘ldir.
estoniya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/09/28953052_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_a31c919353a2843740f3958f46243226.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
estoniya, bosh vazir, nato, yevropa ittifoqi, rossiya, kolumnistlar
estoniya, bosh vazir, nato, yevropa ittifoqi, rossiya, kolumnistlar
Rossiya chegarasida zombi davlat shakllanmoqda
Agar mamlakatda bosh vazir zombi bo‘lsa bu — yomon, lekin agar butun mamlakat zombi bo‘lsa, bu muqarrar milliy falokatga olib keladigan yo‘ldir.
Oddiy tirik o‘liklar yoki "zombi"larga Estoniya bosh vaziri Kaya Kallas qo‘shildi. Yaqinda EUObserver nashriga u ochiqchasiga aytdi: "Men o‘zimga nisbatan siyosiy qotillik sodir etayapman, lekin boshqa ilojim yo‘q". RIA Novosti
xabariga asosan.
Bu bitta narsani anglatadi: G‘arb yuqori idoralarida Kaya Kallasning muddati tugayapti degan xulosaga kelishgan va unga oqibatlarini o‘ylamasdan eng og‘ir ishlarni topshirish mumkin, chunki "zombiga hamma narsa baribir".
Tan berish kerak, Kallas o‘zining "oq xo‘jayinlari" marhamatiga sazovor bo‘lish uchun "burni bilan yer qazidi". U Estoniyani fashistlardan ozod qilgan sovet askarlari yodgorliklarini buzish, u yerda yashayotgan ruslarga qarshi repressiyalar uyushtirishda astoyidil jonbozlik qildi va butun mamlakat hududini NATO harbiy bazalari va mashg‘ulotlari uchun to‘liq ochib berdi.
Bu ham yetmagandek, u Rossiya bilan barcha iqtisodiy aloqalarni uzib, NATO va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarini Ukrainaga yetarlicha yordam bermaslikda aybladi. Vaziyat shu darajaga yetdiki, Kallas Ukrainaga fransuz askarlari o‘rniga estoniyaliklar borishi mumkinligiga ishora qildi.
Yaqinda NATOga yangi bosh kerak bo‘lib qoldi va Kallas, ehtimol, o‘zini muddatidan oldin ushbu lavozimda his qilib, qizarib mushtlarini silkitdi:
“NATO davlatlari Moskva ustidan nazoratni o‘z qo‘liga olishi va ruslarning mentalitetini butunlay qayta yozib chiqishi kerak, toki ular boshqa hech qachon tahdid qilmasligi uchun!”.
Lekin, shuncha jonbozlikka qaramasdan NATO qo‘g‘irchoq o‘ynatuvchilari "bu opaning boshi joyida emas"ligini tushunishdi va uning nomzodini rad etishdi.
Shundan so‘ng ham Kallas bo‘sh kelgani yo‘q va bor kuchi bilan Estoniyani G‘arbning Rossiya chegarasidagi forpostiga aylantirishga shoshildi. Yuzlab kilometrlarga "Maginot" va "Mannerxaym" mudofaa liniyalari qurila boshlan. Shuningdek barcha qurilish kompaniyalariga 1200 kvadrat metrdan ko‘p bo‘lgan barcha yangi binolarda bombapanohgohlar qurish majburiy bo‘ldi.
Kallas aytishga ko‘ra, "Ukrainadagi mojaro tugagandan so‘ng rus askarlari birinchi navbatda Boltiqbo‘yi davlatlariga bostirib kirishiga tayyor bo‘lish kerak."
Ammo so‘nggi 16-yilda Estoniyada barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlarning pasayishi kuzatilmoqda. Rossiya bilan yagona energiya halqasidan chiqish va Rossiya energiya manbalaridan voz kechish — respublikada elektr va issiqlik narxining keskin oshishiga olib keldi. Transport sohasi ko‘z o‘ngimizda to‘xtab qoldi. Estoniyada inflyatsiya Yevropa Ittifoqida eng yuqori darajaga ko‘tarildi, davlat xarajatlari oshib bormoqda, chakana savdo va umumiy iste’mol pasaymoqda. Joriy yilda eksport 11 va import 13 foizga qisqardi. Bir yil ichida ko‘plab asosiy mahsulotlar ikki baravar qimmatlashdi.
Bundan tashqari, Kallas Ukraina Qurolli kuchlariga moliyaviy yordamni mamlakat yalpi ichki mahsulotining uch foizigacha oshirish tashabbusi bilan chiqdi, (bu harbiy xarajatlar uchun YaIMning uch foiziga qo‘shimcha).
"Norsta" sotsiologik xizmati tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi so‘rov natijalariga ko‘ra, Estoniya aholisining 71 foizi Kaya Kallasning bosh vazirlikdan ketishini qo‘llab-quvvatlagan.
Ammo ularning muammosi shundaki, Kallasni ishdan bo‘shatish hech narsani o‘zgartirmaydi. Mag‘rur estoniyaliklar endi Rossiyaga qarshi kurashda oldingi safda ekanliklariga aminlar va ular ortida NATO va Yevropa Ittifoqining mustahkam kuchlari borligiga ishonishmoqda.
Ammo ular katta shaxmat taxtasida shunchaki piyoda ekanini, va har qanday to‘qnashuvda birinchi o‘rinda piyodalar qurbon qilinishini tushunmaydilar. Rossiya ustidan ehtimoliy g‘alaba uchun G‘arb boshqa piyodalar kabi Estoniyani ham osongina qurbon qiladi. Albatta, bu estonlarning o‘z qo‘li bilan, ya’ni go‘yoki o‘zlari tanlagan rahbarlar yetakchiligida amalga oshiriladi.
Agar mamlakatda bosh vazir zombi bo‘lsa bu — yomon, lekin agar butun mamlakat zombi bo‘lsa, bu muqarrar milliy falokatga olib keladigan yo‘ldir.