Yil boshidan O‘zbekiston eksportida yetakchilik qilayotgan sohalar e’lon qilindi

© Unsplash / AnirudhTovarniy poyezd
Tovarniy poyezd - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2024
Obuna bo‘lish
Eng sezilarli o‘sish — axborot xizmatlari, mineral o‘g‘itlar va transport sohasida. Mutlaq ko‘rsatkichlar bo‘yicha esa yetakchi — to‘qimachilik sohasi.
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. O‘zbekistonda 2024-yilning yanvar-fevral oylarida eksport hajmi 2,3 mlrd dollarni tashkil qildi, deb xabar qildi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Ogulnur Atayeva.
Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatgichga nisbatan 15 % ko‘p. Eksportning sezilarni o‘sish darajasi quyidagi sohalarda kuzatildi:
To‘qimachilik +3% ($ 519 mln.)
Turizm +11%($280 mln.)
Transport +37% ($ 228 mln.)
Meva-sabzavotlar +29% ($150 mln.),
Axborot xizmatlari +55% ($49,6 mln.)
Mineral o‘g‘itlar +49% ($29,8 mln.)
Shu bilan birga Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan eksportchilarni qo‘llab-quvvatlash davom etayotgani ham alohida aytib o‘tildi. Xususan, 38 ta korxonaning 166,8 mlrd so‘m kredit olish bo‘yicha murojaatlari tijorat banklari tomonidan o‘rganib chiqilmoqda. Shuningdek, karantin va standartlashtirish bilan bog‘liq 26 ta muammodan 13 tasi hal etildi va 10 tasi o‘rganib chiqilmoqda, deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0