https://oz.sputniknews.uz/20240321/shavkat-mirziyoev-ozbekiston-xalqini-navroz-bilan-tabrikladi-43062503.html
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bilan tabrikladi
Sputnik O‘zbekiston
Bayram tabrigida davlat rahbari o‘zbekistonliklarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va faravonlik tiladi. 21.03.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-03-21T13:15+0500
2024-03-21T13:15+0500
2024-03-21T13:15+0500
prezident
shavkat mirziyoyev
navro‘z
tabrik
xumo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/15/43064556_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_124b2317a20093fd877644396da2ce79.jpg
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev "Xumo-arena"da bo‘lib o‘tayotgan bayrami tantanasida O‘zbekiston xalqini Navro‘z bilan tabrikladi. "Qadrli do‘stlar!Bu yilgi Navro‘z bayrami fazilatli Ramazon oyida bo‘lib o‘tayotgani uning fayzu tarovatini yanada ziyoda qilmoqda.Ushbu muborak ayyomda mamlakatimiz mo‘min-musulmonlarini, butun islom ummatini yana bir bor qutlab, ularning chin dildan qilayotgan duolari ijobat bo‘lishini Parvardigori olamdan so‘raymiz.Aziz va muhtaram vatandoshlarim!Mana shu bahoriy lahzalarda barchamiz ulug‘ ajdodlarimizning tilaklariga qo‘shilib, ilohim, har kunimiz Navro‘zdek go‘zal, Navro‘zdek fayzli va mazmunli bo‘lsin, deb niyat qilamiz.Tadbirda O‘zbekistonda yashayotgan turli millatlarning milliy uyushmalar vakillari, diplomatik korpus vakillari taklif qilindi. Prezident tabrik so‘zidan so‘ng bayram tadbiri tantanali konsert bilan davom etdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/15/43064556_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_50c067553125c4c3b4f98c316a7d461d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
prezident, shavkat mirziyoyev, navro‘z, tabrik, xumo
prezident, shavkat mirziyoyev, navro‘z, tabrik, xumo
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bilan tabrikladi
Bayram tabrigida davlat rahbari o‘zbekistonliklarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va faravonlik tiladi.
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev "Xumo-arena"da bo‘lib o‘tayotgan bayrami tantanasida O‘zbekiston xalqini Navro‘z bilan tabrikladi.
Dunyodagi vaziyat tobora murakkab va tahlikali tus olayotgan hozirgi kunda Navro‘z Yer yuzida turli xalqlar va millatlar o‘rtasida tinchlik va hamkorlikni mustahkamlashdek ezgu maqsadga xizmat qilmoqda.<...>
Bu yilgi Navro‘z bayrami fazilatli Ramazon oyida bo‘lib o‘tayotgani uning fayzu tarovatini yanada ziyoda qilmoqda.
Ushbu muborak ayyomda mamlakatimiz mo‘min-musulmonlarini, butun islom ummatini yana bir bor qutlab, ularning chin dildan qilayotgan duolari ijobat bo‘lishini Parvardigori olamdan so‘raymiz.
Aziz va muhtaram vatandoshlarim!
Mana shu bahoriy lahzalarda barchamiz ulug‘ ajdodlarimizning tilaklariga qo‘shilib, ilohim, har kunimiz Navro‘zdek go‘zal, Navro‘zdek fayzli va mazmunli bo‘lsin, deb niyat qilamiz.
Barchangizga sihat-salomatlik, yangi yutuq va zafarlar, oilaviy baxt va farovonlik tilayman. Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin! Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!", - deb so‘zini yakunladi Shavkat Mirziyoyev.
Tadbirda O‘zbekistonda yashayotgan turli millatlarning milliy uyushmalar vakillari, diplomatik korpus vakillari taklif qilindi. Prezident tabrik so‘zidan so‘ng bayram tadbiri tantanali konsert bilan davom etdi.