Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya qo‘shinlari Tonenkoe qishlog‘ini ozod qildi

© Sputnik / Stanislav Krasilnikov / Mediabankka o‘tishDeystviya podrazdeleniy zakrepleniya SVO v osvobojdennoy Avdeyevke.
Deystviya podrazdeleniy zakrepleniya SVO v osvobojdennoy Avdeyevke. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2024
Obuna bo‘lish
Avdeyevka ozod qilinganidan so‘ng Rossiya Qurolli kuchlari olg‘a siljimoqda. Bugun yana bir muhim qishloq ozod qilindi.
TOShKENT, 21 mar – Sputnik. Rossiya harbiylari Avdeyevka yo‘nalishidagi Tonenkoe qishlog‘ini nazorat ostiga oldi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.
“Avdeyevska yo‘nalishida "Markaz" kuchlar guruhi bo‘linmalarining kelishilgan harakatlari natijasida Donesk Xalq Respublikasining Tonenkoe qishlog‘i ozod qilindi”, — deyiladi xabarda.
Tonenkoe qishlog‘i Avdeyevka shaharchasining chekkasida, Ukraina qurolli kuchlarining Donbass guruhi ta’minlovchi asosiy yo‘lda joylashgan. Hozir bu yerdagi Ukraina qo‘shinlarining moddiy-texnik ta’minoti sezilarli darajada buzilgan.

UQKning Tonenkoe aholi punktida joylashgan artilleriya bo‘linmalari Donetsk shahri markazini muntazam ravishda o‘qqa tutib kelgan.
So‘nggi oylarda Rossiya armiyasi Avdeyevka yo‘nalishida hujum amaliyotlarini kuchaytirdi. Seshanba kuni harbiy bo‘lim Orlovka qishlog‘i ozod qilingani haqida ma’lum bo‘ldi. U yerda ukrainalik harbiylar yangi mudofaa chizig‘i qurishni rejalashtirayotgan edi.
Kecha tunda Rossiya harbiylari Ukraina Qurolli kuchlarining qaror qabul qilish markazlariga, logistika bazalariga, maxsus operatsiyalar kuchlari va xorijiy yollanma askarlarni vaqtincha joylashtirish punktlariga zarba berdi.
Avdeyevka yo‘nalishida harbiy harakatlar natijssida dushman bir sutkada 320 dan ortiq harbiy xizmatchisi, bir tank, to‘rtta zirhli jangovar mashinasi va yettita boshqa texnikasini yo‘qotdi.
Donesk yo‘nalishida 250ka yaqin ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita tank, uchta zirhli jangovar mashina va yettita avtomobilni yo‘q qilindi.
Kupansk yo‘nalishida UQKning 40 nafargacha askari, uchta tanki va to‘rtta avtomobili yo‘q qilindi. Xerson yo‘nalishida Kiyev 50 nafargacha harbiy xizmatchi, beshta mashina, M777 artilleriya tizimi va D-30 gaubitsasini yo‘qotdi.
Janubiy Donesk yo‘nalishi dushmanning qarshi hujumini ham qaytarildi, ularning 120 ga yaqin askari, bir tankini, uchta zirhli jangovar mashinasini, uchta avtomashinasini va AN/TPQ-36 artilleriyaga qarshi radar stansiyasini yo‘qotdi.
Yangiliklar lentasi
0