https://oz.sputniknews.uz/20240321/belgorod-osmonida-onta-raketa-urib-tushirildi-43062956.html
Belgorod osmonida o‘nta raketa urib tushirildi
Belgorod osmonida o‘nta raketa urib tushirildi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Mudofaa vazirligi: havo mudofaasi Belgorod viloyati ustidan o‘nta "Vampire" raketasini urib tushirdi 21.03.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-03-21T12:35+0500
2024-03-21T12:35+0500
2024-03-21T12:45+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
rossiya
ukraina
zenit-raketa komplekslari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/14/41142040_0:190:2078:1359_1920x0_80_0_0_a9bc6d7c9a9be771ae93ca25e5a78e9d.jpg
TOShKENT, 21 mar – Sputnik. Belgorod viloyati osmonida o‘nta "Vampire" raketalari urib tushirildi, deb xabar qilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi.Bundan biroz oldin Belgorod va Belgorod viloyatida raketa tahdidi e’lon qilingan edi. RIA Novosti muxbirining xabar berishicha, shaharda sirena ishlagan va osmonda portlashlar eshitilgan.Belgorod viloyatining Ukraina bilan chegarasi 350 kilometrni tashkil qiladi. So‘nggi bir necha kun davomida Ukraina Qurolli kuchlari chegaradosh viloyatlariga har kuni havo zarbasi berishga urinmoqda. Chorshanba kuni Belgorodni otishma chog‘ida bir kishi halok bo‘ldi, Grayvoron tumanida ikki nafar tinch aholi jarohatlandi.Rossiya hukumati xavfli hudulardan 9 ming nafar bolalarni evakuatsiya qilishga qaror qildi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/14/41142040_230:0:2078:1386_1920x0_80_0_0_04bb7391f3e8f8ad37a9955f4ed3017f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, ukraina, zenit-raketa komplekslari
rossiya, ukraina, zenit-raketa komplekslari
Belgorod osmonida o‘nta raketa urib tushirildi
12:35 21.03.2024 (yangilandi: 12:45 21.03.2024) Rossiya Mudofaa vazirligi: havo mudofaasi Belgorod viloyati ustidan o‘nta "Vampire" raketasini urib tushirdi
TOShKENT, 21 mar – Sputnik. Belgorod viloyati osmonida o‘nta "Vampire" raketalari urib tushirildi, deb xabar qilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi.
“Moskva vaqti bilan 08:00 atrofida Kiyev rejimi tomonidan RM-70 "Vampire" ko‘p raketali tizim yordamida Rossiya hududidagi nishonlarga terrorchilik hujumi uyushtirishga urindi. O‘nta raketa navbatchi havo himoya kuchlari yordamida yo‘q qilindi”, - dedi vazirlik.
Bundan biroz oldin Belgorod va Belgorod viloyatida raketa tahdidi e’lon qilingan edi. RIA Novosti muxbirining xabar berishicha, shaharda sirena ishlagan va osmonda portlashlar eshitilgan.
Belgorod viloyatining Ukraina bilan chegarasi 350 kilometrni tashkil qiladi. So‘nggi bir necha kun davomida Ukraina Qurolli kuchlari chegaradosh viloyatlariga har kuni havo zarbasi berishga urinmoqda. Chorshanba kuni Belgorodni otishma chog‘ida bir kishi halok bo‘ldi, Grayvoron tumanida ikki nafar tinch aholi jarohatlandi.
Rossiya hukumati xavfli hudulardan 9 ming nafar bolalarni evakuatsiya qilishga qaror qildi.