https://oz.sputniknews.uz/20240320/muruvvat-uyl-uchrashuv-43047400.html
Endi barcha “Muruvvat” uylarida uchrashuv xonalari tashkil etiladi
Endi barcha “Muruvvat” uylarida uchrashuv xonalari tashkil etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Og‘ir darajadagi kasalliklari mavjud bolalar uchun “G‘amxo‘rlik guruhi” tashkil etiladi.
2024-03-20T09:54+0500
2024-03-20T09:54+0500
2024-03-20T09:54+0500
jamiyat
o‘zbekiston
ijtimoiy himoya milliy agentligi
shavkat mirziyoyev
bolalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/14/43047730_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_82aea286ea78d916cfbb9677b5e36cd6.jpg
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Barcha “Muruvvat” uylarida uchrashuv xonalari tashkil etiladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Shavkat Mirziyoyev nogironligi bo‘lgan bolalar uchun 1-sonli “Muruvvat” internat uyini borib ko‘rdi. Qayd etilishicha, so‘nggi besh yilda “Muruvvat” uylariga davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar 3 barobardan oshgan.Muassasada ruhiyatida sezilarli nuqsoni bor 4 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatiladi. Bugungi kunda 299 nafar o‘g‘il-qiz vasiylikka olingan. Ularga 334 nafar xodim, jumladan, malakali pedagog, defektolog va shifokorlar yordamlashmoqda.Prezident ijtimoiy xizmat xodimlari ishini e’tirof etib, bolalarga mehr-muruvvati uchun minnatdorlik bildirdi.Endilikda “Muruvvat” uylari zamonaviy reabilitatsiya jihozlari bilan ta’minlanib, o‘z ishini yangi konsepsiya asosida yo‘lga qo‘yadi. Unga ko‘ra, bolalar individual rivojlanish dasturlari asosida jamiyatga integratsiya qilinadi. Barcha “Muruvvat” uylarida uchrashuv xonalari tashkil etiladi.Shuningdek, “Qo‘llab-quvvatlash klublari” tuzilib, malakali mutaxassislar vasiylarga nogironligi bo‘lgan bolani parvarishlash, oila sharoitida tarbiyalash va jamiyatga moslashtirish bo‘yicha bilimlar beradi.Alohida ta’limga tavsiya berilmagan, og‘ir darajadagi kasalliklari mavjud bolalar uchun “G‘amxo‘rlik guruhi” tashkil etiladi. Barcha hududiy reabilitatsiya markazlarida nogironligi bo‘lgan bolalar uchun shunday xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/14/43047730_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_9d4b123156401b36f4656b14be583a0a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
“g‘amxo‘rlik guruhi” “muruvvat” uylari
“g‘amxo‘rlik guruhi” “muruvvat” uylari
Endi barcha “Muruvvat” uylarida uchrashuv xonalari tashkil etiladi
Og‘ir darajadagi kasalliklari mavjud bolalar uchun “G‘amxo‘rlik guruhi” tashkil etiladi.
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Barcha “Muruvvat” uylarida uchrashuv xonalari tashkil etiladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi. Shavkat Mirziyoyev nogironligi bo‘lgan bolalar uchun 1-sonli “Muruvvat” internat uyini borib ko‘rdi. Qayd etilishicha, so‘nggi besh yilda “Muruvvat” uylariga davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar 3 barobardan oshgan.
“O‘tgan yili bunday muassasalar uchun davlat budjetidan 624 milliard so‘m ajratildi. Shuningdek, ularni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash uchun avvalgiga qaraganda ikki barobardan ortiq mablag‘ berilmoqda”, — deyialdi xabarda.
Muassasada ruhiyatida sezilarli nuqsoni bor 4 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatiladi. Bugungi kunda 299 nafar o‘g‘il-qiz vasiylikka olingan. Ularga 334 nafar xodim, jumladan, malakali pedagog, defektolog va shifokorlar yordamlashmoqda.
Prezident ijtimoiy xizmat xodimlari ishini e’tirof etib, bolalarga mehr-muruvvati uchun minnatdorlik bildirdi.
“Bolalarimizga yaxshi qarayotganingiz uchun katta rahmat sizlarga. Bu og‘ir mehnat, lekin juda savobli va kerakli mehnat, – dedi davlat rahbari.
Endilikda “Muruvvat” uylari zamonaviy reabilitatsiya jihozlari bilan ta’minlanib, o‘z ishini yangi konsepsiya asosida yo‘lga qo‘yadi. Unga ko‘ra, bolalar individual rivojlanish dasturlari asosida jamiyatga integratsiya qilinadi. Barcha “Muruvvat” uylarida uchrashuv xonalari tashkil etiladi.
Shuningdek, “Qo‘llab-quvvatlash klublari” tuzilib, malakali mutaxassislar vasiylarga nogironligi bo‘lgan bolani parvarishlash, oila sharoitida tarbiyalash va jamiyatga moslashtirish bo‘yicha bilimlar beradi.
Alohida ta’limga tavsiya berilmagan, og‘ir darajadagi kasalliklari mavjud bolalar uchun “G‘amxo‘rlik guruhi” tashkil etiladi. Barcha hududiy reabilitatsiya markazlarida nogironligi bo‘lgan bolalar uchun shunday xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi.