Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIda o‘tkaziladigan qo‘shma tanlov natijalari qachon e’lon qilinishi ma’lum bo‘ldi

© Fotoxost-agentstvo RIA Novosti / Mediabankka o‘tishYeAES 2023. Rabota foruma
YeAES 2023. Rabota foruma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.03.2024
Obuna bo‘lish
YeOII qo‘shma tanlovining muhim mezonlari ma’lum bo‘ldi.
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) o‘tkaziladigan birinchi keng ko‘lamli qo‘shma tanlov natijalari iyun oyining boshlarida e’lon qilinadi. Bu haqda YeIK maqsadli loyihalari markazi direktori o‘rinbosari, tanlov koordinatori Nikolay Rabsev ma’lum qildi.
Avvalroq YeOIIda birinchi keng ko‘lamli qo‘shma tanlov e’lon qilingani xabar qilingan edi. Tanlov koordinatori Nikolay Rabsev qo‘shma tanlovining muhim mezonlari haqida ma’lumot berdi.
“Biz “Yevrosiyo integratsiyasi ramzlari” - keng ko‘lamli qo‘shma loyihalarning birinchi tanloviga arizalarni ochdik. Tanlovdan ko‘zlangan maqsad - bir necha a’zo davlat ishtirokida yangi, texnologik ilg‘or, raqobatbardosh loyihalarni aniqlashdan iborat”, — deydi Rabsev.
Tanlov 4 bosqichda o‘tkaziladi, arizalar aprel oyi oxirigacha qabul qilinadi. Natijalar iyun oyining boshlarida e’lon qilinadi.
Tanlovda ishbilarmon doiralar, hukumat tashkilotlari va hatto jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
Loyihalarni tanlashda muhim mezonlar: ishtirokchilar soni, integratsion yshnalishga ega bo‘lishi, mahalliylashtirish, masshtablash, texnologik samaradorlik, yangilik va raqobatbardoshlik.
YeAES 2023. Rabota foruma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2024
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda “Yevroosiyo integratsiyasi ramzlari” tanlovi boshlandi – kimlar ishtirok etishi mumkin?
Yangiliklar lentasi
0