Qaysi xonadonda ishsiz bo‘lsa, bandligiga ko‘maklashiladi — Shavkat Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Quyuv-mexanika zavodining salohiyati bilan tanishdi
Prezident Quyuv-mexanika zavodining salohiyati bilan tanishdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.03.2024
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Quyuv-mexanika zavodiga bordi.
TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Qaysi xonadonda ishsiz bo‘lsa, bandligiga ko‘maklashiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Quyuv-mexanika zavodiga tashrifi davomida ma’lum qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Quyuv-mexanika zavodi maydoni qirq gektardan ziyod. Hozirda majmua yiliga 1 ming 200 ta yuk vagoni ishlab chiqarish va 1 ming 500 tasini ta’mirlash quvvatiga ega.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Quyuv-mexanika zavodining salohiyati bilan tanishdi
Prezident oznakomilsya s vozmojnostami liteyno-mexanicheskogo zavoda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.03.2024
Prezident Quyuv-mexanika zavodining salohiyati bilan tanishdi
Yarim ochiq, usti yopiq, uzun bazali hamda don, sement, meneral o‘g‘it tashishga mo‘ljallangan 6 turdagi yuk vagonlari ishlab chiqarilmoqda. Shuningdek, bu yerda 120 million dollar hisobiga quyuv sexi barpo etilgan. U yiliga 26 ming tonna mahsulotlar tayyorlashga mo‘ljallangan. Bu yerda temir yo‘llar ekspluatatsiyasi va harakat tarkibida ishlatiladigan barcha turdagi ehtiyot qismlar quyiladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Quyuv-mexanika zavodining salohiyati bilan tanishdi
Prezident oznakomilsya s vozmojnostami liteyno-mexanicheskogo zavoda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.03.2024
Prezident Quyuv-mexanika zavodining salohiyati bilan tanishdi
“Bugungi kundagi eng katta maqsadimiz - ko‘proq ish o‘rinlari yaratish. Masalan, bu yil mamlakatimizda 100 mingta uy qurmoqchimiz. Ular qachon odamlarga ma’qul bo‘ladi? Yonida ish o‘rni bilan bo‘lsa. Shuning uchun, xuddi tomorqalarda bo‘layotganidek, ko‘p qavatli uylar bo‘yicha ham mahallalarda iqtisodiy loyihalar qilinadi. Qaysi xonadonda ishsiz bo‘lsa, bandligiga ko‘maklashiladi. Bunda mana shunday zavodlar muhim”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Zavodda yuk vagonlari qurish, mexanika yig‘uv, g‘ildirak yig‘uv, quyuv, ta’mirlash, temirchilik va presslash, tayyorlov va komplektlash kabi 26 ta sex bor.
Korxonada 2018-2023 yillarda mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha 100 ga yaqin turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan. 2023-yilda jami 267 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan, 10 million dollarlik 170 ta vagon va ehtiyot qismlar eksport qilingan. Joriy yilda eksport hajmini 15 million dollarga yetkazish bo‘yicha shartnomalar imzolangan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Quyuv-mexanika zavodining salohiyati bilan tanishdi
Prezident oznakomilsya s vozmojnostami liteyno-mexanicheskogo zavoda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.03.2024
Prezident Quyuv-mexanika zavodining salohiyati bilan tanishdi
Korxonada xalqaro standartlarga muvofiq ISO 9001 sifat menejmenti va ISO 50001 energetika menejmenti tizimi joriy etilgan.
Yangiliklar lentasi
0