https://oz.sputniknews.uz/20240319/navroz-bayram-samolyot-poezd-chegirma-43026860.html
Navro‘z bayramida qayerga borish mumkin: samolyot va poyezdlarga chegirmalar
Navro‘z bayramida qayerga borish mumkin: samolyot va poyezdlarga chegirmalar
Sputnik O‘zbekiston
“Uzbekistan Airways” Navro‘z bayrami munosabati bilan respublika ichidagi barcha reyslarga chegirmalar e’lon qildi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” esa qo‘shimcha poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘ydi.
2024-03-19T12:03+0500
2024-03-19T12:03+0500
2024-03-19T12:03+0500
o‘zbekiston
turizm
ichki turizm
uzbekistan airways
temir yo‘l
o‘zbekiston temir yo‘llari
navro‘z
chegirmalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
TOShKENT, 19-mart – Sputnik. O‘zbekistonda Navro‘z bayrami munosabati bilan dam olish kunlari 4 kun — 21-24 mart kunlari davom etadi. Respublika aholisi va mehmonlariga qulaylik yaratish maqsadida "Afrosiyob" elektropoyezdlarida qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi hamda reyslarga chegirmalar joriy etiladi.“Uzbekistan Airways” O‘zbekiston bo‘ylab barcha reyslarga 30 foizlik chegirma e’lon qildi. Unga ko‘ra, 21-martdan 24-martgacha amalga oshiriladigan reyslar uchun chiptalarni arzonlashtirilgan narxlarda xarid qilish mumkin. Mazkur imkoniyat ham ekonom, ham biznes-klass uchun amal qiladi.Masalan, Toshkentdan Samarqandga ekonom klassdagi samolyot chiptasi 234 ming so‘m, biznes-klass uchun esa 482 ming so‘mni takshil qiladi. Toshkentdan Xivaga 715 ming so‘mga uchish mumkin.Shu bilan birga, aviakompaniyaning aniqlik kiritishicha, avval sotib olingan chiptalarni chegirma bilan qayta rasmiylashtirib bo‘lmaydi. Bolalar uchun chegirma – 30% (bu holda uni to‘g‘ri hisoblash uchun e’lon qilingan chegirma miqdori kattalar uchun tarifning 48% ni tashkil qiladi).O‘zbekiston ichida Toshkentdan respublikaning 8 ta shahri — Farg‘ona, Namangan, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Termiz, Urganch va Nukusga muntazam qatnovlar mavjud."Afrosiyob" tezurar poyezdida sayohat qilishni xohlovchilar uchun quyidagi yo‘nalishlarda qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi:Bundan tashqari, yo‘lovchi poyezdlarida quyidagi yo‘nalishlarda qo‘shimcha vagonlar paydo bo‘ladi:Ushbu yo‘nalishlarga chiptalar narxi 204 ming so‘mdan boshlanadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
“uzbekistan airways” navro‘z bayrami reyslar chegirmalar e“o‘zbekiston temir yo‘llari” qo‘shimcha poyezdlar
“uzbekistan airways” navro‘z bayrami reyslar chegirmalar e“o‘zbekiston temir yo‘llari” qo‘shimcha poyezdlar
Navro‘z bayramida qayerga borish mumkin: samolyot va poyezdlarga chegirmalar
“Uzbekistan Airways” Navro‘z bayrami munosabati bilan respublika ichidagi barcha reyslarga chegirmalar e’lon qildi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” esa qo‘shimcha poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘ydi.
TOShKENT, 19-mart – Sputnik. O‘zbekistonda Navro‘z bayrami munosabati bilan dam olish kunlari 4 kun — 21-24 mart kunlari davom etadi. Respublika aholisi va mehmonlariga qulaylik yaratish maqsadida "Afrosiyob" elektropoyezdlarida qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi hamda reyslarga chegirmalar joriy etiladi.
“Uzbekistan Airways” O‘zbekiston bo‘ylab barcha reyslarga 30 foizlik chegirma e’lon qildi. Unga ko‘ra, 21-martdan 24-martgacha amalga oshiriladigan reyslar uchun chiptalarni arzonlashtirilgan narxlarda xarid qilish mumkin. Mazkur imkoniyat ham ekonom, ham biznes-klass uchun amal qiladi.
Masalan, Toshkentdan Samarqandga ekonom klassdagi samolyot chiptasi 234 ming so‘m, biznes-klass uchun esa 482 ming so‘mni takshil qiladi. Toshkentdan Xivaga 715 ming so‘mga uchish mumkin.
Shu bilan birga, aviakompaniyaning aniqlik kiritishicha, avval sotib olingan chiptalarni chegirma bilan qayta rasmiylashtirib bo‘lmaydi. Bolalar uchun chegirma – 30% (bu holda uni to‘g‘ri hisoblash uchun e’lon qilingan chegirma miqdori kattalar uchun tarifning 48% ni tashkil qiladi).
O‘zbekiston ichida Toshkentdan respublikaning 8 ta shahri — Farg‘ona, Namangan, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Termiz, Urganch va Nukusga muntazam qatnovlar mavjud.
"Afrosiyob" tezurar poyezdida sayohat qilishni xohlovchilar uchun quyidagi yo‘nalishlarda qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi:
17 martdan 22-martgacha:
Samarqand – Toshkent – Samarqand;20 martdan 21-martgacha:
Toshkent – Qarshi – Toshkent;19 martdan 21-martgacha:
Toshkent – Urganch – Toshkent.Bundan tashqari, yo‘lovchi poyezdlarida quyidagi yo‘nalishlarda qo‘shimcha vagonlar paydo bo‘ladi:
Toshkent – Termiz – Toshkent; Toshkent – Urganch – Toshkent; Toshkent – Qo‘ng‘irot – Toshkent; Andijon – Xiva – Andijon. Ushbu yo‘nalishlarga chiptalar narxi 204 ming so‘mdan boshlanadi.