Migrantlarga bitta patent bilan bir nechta hududlarda ishlashga ruxsat berilishi mumkin

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishSentr sodeystviya migrantam v Volgograde
Sentr sodeystviya migrantam v Volgograde - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.03.2024
Obuna bo‘lish
Moliya vazirligi Rossiyadagi chet elliklarning huquqiy maqomi to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar tayyorlashni boshladi.
TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Rossiya Moliya vazirligi mehnat migrantlariga bir vaqtning o‘zida bir nechta hududlarda patent bo‘yicha ishlash imkonini beruvchi qonun loyihasini ishlab chiqishga kirishdi. Normativ-huquqiy hujjatlar portalida hujjatni tayyorlash boshlangani haqidagi xabar e’lon qilindi, deb yozmoqda “Vedomosti”.
Loyiha “Rossiya Federatsiyasidagi xorijiy fuqarolarning huquqiy maqomi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutadi, deyiladi hujjatda. Qonun loyihasi qabul qilingan taqdirda, o‘zgartirishlar rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab bir oy o‘tgach kuchga kirishi mumkin.
Shuningdek, xabarnomada aytilishicha, u bosh vazir Mixail Mishustin va bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikovaning fevral oyi oxirida bergan ko‘rsatmalari asosida tayyorlangan.
2024 yilda Rossiyada migrantlar uchun patent narxi qancha bo‘ladi?
"Vedomosti" Moliya vazirligi va hukumatga xorijliklar patent ostida ishlashlari mumkin bo‘lgan hududlarning mumkin bo‘lgan sonini, shuningdek, uni olish shartlarini aniqlashtirish bo‘yicha so‘rov yuborgan.
"Asterisk" advokatlik burosi boshqaruvchi Vladimir Xantimirovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda mehnat patenti faqat bitta mintaqada ishlash uchun beriladi, Rossiya Federatsiyasining boshqa subyektiga ko‘chib o‘tgan taqdirda, chet ellik ishchi hujjatni kelgan joyidagi migratsiya organlariga qayta rasmiylashtirishga majbur.
Faqat YeOII fuqarolari, Rossiya Federatsiyasi hududida yashash uchun ruxsatnoma yoki vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma egalari ushbu qoidadan ozod qilinadi, deya qo‘shimcha qildi u.
Endi migrantlar Rossiyada ish boshlagani haqida IIVni xabardor qilishlari kerak
Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda berilgan mehnat patentlari soni o‘tgan yilga nisbatan 3,6 foizga oshib, 2,3 milliontani tashkil qilgan. Shu bilan birga, xorijiy fuqarolarga ishlashga ruxsat berish bo‘yicha davlat xizmatlari soni yillik hisobda 23,6 foizga oshib, 99,1 mingtaga yetdi.
Rossiya mehnat bozori uchun malakali kadrlarning keskin tanqisligi 2023-yilda asosiy muammoga aylandi. Rossiya Fanlar akademiyasining Iqtisodiyot instituti tadqiqotiga ko‘ra, 2023-yilda Rossiyada kadrlar yetishmasligi deyarli 4,8 million kishini tashkil etdi. Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil o‘rtalarida bo‘sh ish o‘rinlariga yollanishi kerak bo‘lgan ishchilar soni, ish haqi fondining 6,8 foizini tashkil etdi (bir yil avval - 5,8%).
Migrantlar uchun Rossiyada xulq-atvor qoidalari va raqamli profillarga oid eslatma yaratiladi
Putin migrantlar haqida nima dedi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2024
Putin migrantlar haqida nima dedi — video
Yangiliklar lentasi
0