MDH davlatlaridagi o‘rtacha ish haqi qancha?

Obuna bo‘lish
2023 yilda MDHning barcha mamlakatlarida o‘rtacha oylik ish haqining oshishi kuzatildi. Yuqori o‘sish sur’atlari Armaniston (112,4%) va Belarusda (111%) qayd etildi.
O‘zbekistonda 2023-yilda nominal o‘rtacha oylik ish haqi 4 551 000 ming so‘mni tashkil etdi. 2022-yilning shu davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 17,2 foizga oshgan. Eng yuqori maosh Toshkent shahrida (7 million 453 ming so‘m) qayd etilgan.
Qozog‘istonda ish haqi yil davomida 21,3 foizga oshdi. Rossiyada 1-yanvardan boshlab eng kam ish haqi 18,5 foizga oshdi va 19242 rublni (≈$616,5) tashkil etdi, o‘rtacha ish haqi esa 2023-yilda 73 ming rubldan oshdi.
Turli manbalarga ko‘ra, 2023-yilda Turkmanistonda o‘rtacha ish haqi 1100–1200 manatni tashkil qilgan. Moliya va iqtisodiyot vazirligining Strategik va barqaror rivojlanish boshqarmasi boshlig‘i Atajan Atayev yaqin 7-yilda mamlakatda ish haqi darajasi 1,8 barobarga oshishi mumkinligini aytdi.
2024 yil yanvar oyida ushbu ko‘rsatkichlar qanchani tashkil etdi – batafsil Sputnik infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0