Ukraina Mudofaa vazirligi o‘q-dorilarning keskin tanqisligini e’lon qildi

© AP Photo / Evgeniy MaloletkaUkrainskie voyennie v gorode Chasov Yar. Arxivnoe foto
Ukrainskie voyennie v gorode Chasov Yar. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2024
Obuna bo‘lish
Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari: ba’zi snaradlarning zaxiralari keskin tushib ketdi.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Ukrainadagi ayrim turdagi o‘q-dorilar zahiralari keskin darajaga tushib ketdi. Bu haqda Mudofaa vaziri o‘rinbosari Ivan Gavrilyuk ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Gavrilyuk avvalroq Kiyev artilleriya snaradlari taqchilligi muammosini dronlarni ommaviy ishlab chiqarish orqali hal qilishga urinayotganini ma’lum qilgandi.
“Ayrim turdagi o‘q-dorilar zaxiralari keskin darajaga tushmoqda. Bu va boshqa omillar Ukraina mudofaa kuchlariga o‘z vazifalarini bajarishni qiyinlashtiradi”, — deya Gavrilyukning so‘zlaridan iqtibos keltirgan “Ukrinform” agentligi.
Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Kiyev hali ham F-16 qiruvchilarini qabul qilishga umid qilmoqda, bu esa rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, “Ukraina mudofaa kuchlarining quruqlikdagi imkoniyatlarini oshiradi”.
Shu bilan birga, Gavrilyuk Ukraina Qurolli kuchlari havo hujumidan mudofaa tizimlari, samolyotlar, uzoq masofaga uchuvchi raketalar, snaradlar, ayniqsa, 155 mm kalibrli, zamonaviy elektron urush tizimlariga juda muhtojligini qayd etdi.
Yangiliklar lentasi
0