Otkritie informatsionnogo sentra SIK RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2024
Rossiya prezidenti saylovi — 2024-yil
Rossiya prezidenti saylovlari 2024-yil 15-martdan 17-martgacha bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonda ovoz berish uchun 17-mart kuni Toshkent va Samarqandda saylov uchastkalari ochiladi.

Mirziyoyev Putinni saylovdagi g‘alabasi bilan yana bir bor tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2024
Obuna bo‘lish
Telefon orqali muloqot chog‘ida bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqotda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinni ishonchli g‘alaba bilan dildan qutlab, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi, deb yozmoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
Davlat rahbari saylovchilarning faol ishtiroki va ovoz berish natijalari rossiyaliklar amaldagi prezidentga yuksak ishonch bildirayotgani, amalga oshirilayotgan siyosat va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni keng qo‘llab-quvvatlayotganini yana bir bor tasdiqlaganini alohida ta’kidladi.
O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida yuksak darajaga erishilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
“Bugun o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi barqaror sur’atda oshib bormoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda, yetakchi korxonalar, ishbilarmon doiralar va hududlar o‘rtasida kooperatsiya aloqalari kuchaymoqda. Faol madaniy-gumanitar almashinuvlar davom etmoqda”, — deyiladi xabarda.
Shu yilning aprel oyida Toshkentda kooperatsiyaning yangi shakllari va istiqbolli loyihalarini ilgari surish uchun samarali maydonga aylangan navbatdagi “INNOPROM” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Telefon orqali muloqot chog‘ida bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.
Lideri Uzbekistana i Rossii obsudili voprosi prakticheskoy realizatsii dogovorennostey na visshem urovne - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2024
Rossiya prezidenti saylovi — 2024-yil
Mirziyoyev Putinni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
Yangiliklar lentasi
0