Otkritie informatsionnogo sentra SIK RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2024
Rossiya prezidenti saylovi — 2024-yil
Rossiya prezidenti saylovlari 2024-yil 15-martdan 17-martgacha bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonda ovoz berish uchun 17-mart kuni Toshkent va Samarqandda saylov uchastkalari ochiladi.

Toshkentdagi saylov uchastkasida katta navbat hosil bo‘ldi — foto, video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Poytaxtda Rossiya prezidenti saylovi uchun tashkil etilgan saylov uchastkasida jarayonni tezlashtirish uchun bulleten tarqatiladigan stollar 3 taga ko‘paytirildi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
O‘zbekistonda Rossiya prezidenti saylovida ovoz berish jarayoni mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da boshlandi.
Rossiya prezidenti saylovi uchun Toshkent va Samarqandda tashkil etilgan saylov uchastkalari o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Toshkentdagi Rossiya Federatsiyasi elchixonasida katta navbat yuzaga keldi. Ovoz berish uchun kelganlar taxminan 400 metrlik navbat tashkil etishgan.

"Toshkent va Samarqandda ovoz berishni xohlovchilar katta navbat hosil qilmoqda. Odamlar butun oilalari bilan kelishmoqda. Soat 14:00 holatiga ko‘ra 2 mingdan ortiq Rossiya fuqarolari ovoz berdi", — deydi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Qayd etilishicha, bolali ayollar va pensionerlarga navbatsiz kirishga ruxsat berilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatining Olmaliq, Angren va Chirchiq shaharlarida yashovchi fuqarolar uchun Toshkent shahridagi saylov uchastkasiga olib borish uchun avtobuslar tashkil etilgan.
1/16

Rossiya prezidenti saylovida ovoz berish jarayoni. Samarqand shahri.

Yangiliklar lentasi
0