Otkritie informatsionnogo sentra SIK RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2024
Rossiya prezidenti saylovi — 2024-yil
Rossiya prezidenti saylovlari 2024-yil 15-martdan 17-martgacha bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonda ovoz berish uchun 17-mart kuni Toshkent va Samarqandda saylov uchastkalari ochiladi.

Rossiya prezidenti saylovi: O‘zbekistonda ovoz bergan rossiyaliklar soni ma’lum qilindi

© SputnikV Uzbekistane po sostoyaniyu na 12.00 progolosovali 1 180 rossiyan
V Uzbekistane po sostoyaniyu na 12.00 progolosovali 1 180 rossiyan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2024
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Poytaxtdagi saylov uchastkasida soat 18.00 ga qadar ovoz berganlar soni uch mingdan oshdi, Samarqandda esa ularning soni 511 nafarga teng.
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Toshkentda soat 18.00 ga qadar Rossiya Federatsiyasi prezidenti saylovida deyarli 3,5 ming rossiyalik ovoz berdi. Bu haqda uchastka saylov komissiyasi kotibi Irina Belkina Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.
Samarqandda tashkil etilgan saylov uchastkasida ovoz berganlar soni 511 nafarni qayd etdi.
Toshkent viloyatining Olmaliq, Angren va Chirchiq shaharlarida yashovchi fuqarolar uchun Toshkent shahridagi saylov uchastkasiga olib borish uchun avtobuslar tashkil etildi.
O‘zbekistonda ovoz berish uchun 17-mart kuni Toshkent va Samarqandda saylov uchastkalari ochildi. Saylov uchastkalari bugun mahalliy vaqt bilan soat 20:00 da yopiladi.
Ma’lumot uchun, 2024-yilgi Rossiya prezidenti saylovida ovoz berish 3 kun davom etadi: 15, 16 va 17-mart kunlari. Davlat rahbari lavozimiga to‘rt nafar nomzod ro‘yxatga olingan: Leonid Sluskiy (LDPR), Nikolay Xaritonov (KPRF), Vladislav Davankov (Novie lyudi) va Vladimir Putin (mustaqil nomzod).
Yangiliklar lentasi
0