Otkritie informatsionnogo sentra SIK RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2024
Rossiya prezidenti saylovi — 2024-yil
Rossiya prezidenti saylovlari 2024-yil 15-martdan 17-martgacha bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonda ovoz berish uchun 17-mart kuni Toshkent va Samarqandda saylov uchastkalari ochiladi.

Rossiya prezidenti saylovida ovoz berish darajasi 61 foizga yetdi — MSK

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishVibori prezidenta Rossii
Vibori prezidenta Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2024
Obuna bo‘lish
Moskva vaqti bilan soat 9:45 da Rossiyada prezidentlik saylovlarida ishtirok etganlik 61 foizga yetdi.
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti saylovining uchinchi kunida Moskva vaqti bilan soat 9:45 ga kelib, butun mamlakat bo‘yicha saylovchilarning 61,37 foizi ishtirok etdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasiga xabar berdi.
“Ayni paytda saylov uchastkalarida va masofaviy elektron ovoz berishda jami saylovchilarning 61,37 foizini tashkil etmoqda. 60,04% – saylov uchastkalarida, 91,25% - masofaviy elektron ovoz berishda”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, 2018-yilgi saylovda ovoz berish jarayoni bir kunda bo‘lib o‘tgan. Unda Moskva vaqti bilan soat 10:00 ga kelib - 16,55 foiz, soat 12:00 da - 34,72 foiz, soat 17:00da esa 51,9 foiz saylovchi ishtirok etgan. Bundan tashqari, uchastka komissiyalari bayonnomalarining 99,83 foizi ko‘rib chiqilib, 67 foizdan oshdi.

"Rossiya Federatsiyasida prezidentlik saylovlari imkon qadar shaffof va to‘g‘ri o‘tkazilishi kerak, shunda ularning o‘tkazilishiga hech kimda zarracha shubha bo‘lmasin", — dedi Markaziy saylov komissiyasi raisi Ella Pamfilova.

Ovoz berish ustidan jamoatchilik nazorati bo‘yicha ishchi guruh rahbari Maksim Grigorevning so‘zlariga ko‘ra, jamoatchilik kuzatuvining 10-yillik faoliyati davomida prezidentlik saylovlarida misli ko‘rilmagan faollik darajasi qayd etildi.
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi soat 12:00 holatiga saylovdagi davomatni e’lon qildi. Unga ko‘ra, Toshkent va Samarqadda Rossiyaning 1180 fuqarosi prezident saylovida ovoz burib ulgurdi.
Federatsiya Kengashi prezidentlik saylovini 2024-yil 17-martga belgiladi. Ovoz berish uch kun davomida – 15, 16 va 17-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.O‘z navbatida, qariyb 2,6 million rossiyalik muddatidan oldin ovoz berishga muvaffaq bo‘ldi.
Davlat rahbari lavozimiga to‘rt nafar nomzod ro‘yxatga olingan: Leonid Sluskiy (LDPR), Nikolay Xaritonov (KPRF), Vladislav Davankov (Novie lyudi) va Vladimir Putin (mustaqil nomzod).
Po sostoyaniyu na 10:00 (po mestnomu vremeni) v Tashkente i Samarkande progolosovali 406 grajdan Rossiyskoy Federatsii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2024
Rossiya prezidenti saylovi — 2024-yil
Rossiya prezidenti saylovi: O‘zbekistonda qancha fuqaro ovoz bergani ma’lum bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0