O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro matematika olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi

© Press-slujba Departamenta po rabote s odarennimi uchashimisya po predmetnim olimpiadam MDShOV aeroportu Tashkenta vstretili uchastnikov Kavkazskoy matematicheskoy olimpiadi
V aeroportu Tashkenta vstretili uchastnikov Kavkazskoy matematicheskoy olimpiadi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2024
Obuna bo‘lish
Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi.
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari IX Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Fan olimpiadalarini o‘tkazish va iqtidorli o‘quvchilarni saralash boshqarmasi xabar berdi.
Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi.

"O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi", —deyiladi xabarda.

Adigeya Respublikasida 11-16 mart kunlari IX Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur xalqaro olimpiadaga saralash bosqichi shu yilning 10-11 fevral kunlari Toshkentda o‘tkazildi va eng yuqori natijalarni qayd etgan 4 nafar o‘quvchi O‘zbekiston terma jamoasiga qabul qilindi.
Yangiliklar lentasi
0