Ostonada ShHTga a’zo davlatlar Sog‘liqni saqlash vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

© Ministerstvo zdravooxraneniya Respubliki UzbekistanV Astane proshla vstrecha ministrov zdravooxraneniya gosudarstv-chlenov ShOS
V Astane proshla vstrecha ministrov zdravooxraneniya gosudarstv-chlenov ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2024
Obuna bo‘lish
Unda Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirliklari rahbarlari ishtirok etdi.
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Qozog‘istonda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar Sog‘liqni saqlash vazirlarining 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shu yilning iyul oyida Qozog‘iston Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashining navbatdagi majlisiga mezbonlik qiladi. Ushbu nufuzli tadbir arafasida 14-mart kuni Ostona shahrida ShHTga a’zo davlatlar Sog‘liqni saqlash vazirlarining 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirliklari rahbarlari, shuningdek faxriy mehmon sifatida taklif etilgan ShHT Bosh kotibi o‘rinbosari Nuran Niyazaliyev va JSSTning Yevropa mintaqaviy burosi direktori Xans Klyuge ishtirok etdi.
Yig‘ilishda ShHTga a’zo davlatlarning sog‘liqni saqlash sohasidagi ikki va ko‘p tomonlama darajadagi hamkorligi, shu jumladan hamkor davlatlarda tibbiyotni yanada rivojlantirish, sohadagi yangi chaqiriqlarga qarshi birgalikda kurashish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Asilbek Xudayarov yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni erta aniqlash, davolash va profilaktika qilish, onalar o‘limi ko‘rsatkichini kamaytirish, skrining tekshiruvlarini o‘tkazish ishlarini yanada takomillashtirish maqsadida hamkorlikda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar xususida so‘z yuritdi.
Buning uchun ShHTga a’zo davlatlarning sog‘liqni saqlash sohasidagi o‘zaro integratsiyalashuvini yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi. Xudayarov o‘z nutqida istiqboldagi asosiy rejalarga ham alohida to‘xtalib o‘tdi.
“Yaqin yillarda xalqaro standartlar asosida preventiv va prediktik choralarni amalga oshirish orqali kasalliklarni profilaktika qilish, o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini 78 yoshga yetkazish, budjetdan sog‘liqni saqlash sohasiga ajratilayotgan mablag‘lar hajmini 2 barobarga oshirishni rejalashtirapmiz. Shuningdek, yurak-qon tomir va onkologik kasalliklar bo‘yicha erta o‘limni 2,5 barobarga, onalar va bolalar o‘limini esa 2 barobarga kamaytirishni oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz”, - dedi u.
Tadbir yakunida ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida ushbu sohadagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan asosiy chora-tadbirlar rejasi qabul qilindi.
© Ministerstvo zdravooxraneniya Respubliki UzbekistanV Astane proshla vstrecha ministrov zdravooxraneniya gosudarstv-chlenov ShOS
V Astane proshla vstrecha ministrov zdravooxraneniya gosudarstv-chlenov ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2024
V Astane proshla vstrecha ministrov zdravooxraneniya gosudarstv-chlenov ShOS
Qozog‘istonga tashrif doirasida Xudayarov ShHTga a’zo davlatlar sog‘liqni saqlash vazirlari, shuningdek JSSTning Yevropa mintaqaviy burosi direktori Xans Klyuge bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazib, o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.
© Ministerstvo zdravooxraneniya Respubliki UzbekistanV Astane proshla vstrecha ministrov zdravooxraneniya gosudarstv-chlenov ShOS
V Astane proshla vstrecha ministrov zdravooxraneniya gosudarstv-chlenov ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2024
V Astane proshla vstrecha ministrov zdravooxraneniya gosudarstv-chlenov ShOS
Yangiliklar lentasi
0