Otkritie informatsionnogo sentra SIK RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2024
Rossiya prezidenti saylovi — 2024-yil
Rossiya prezidenti saylovlari 2024-yil 15-martdan 17-martgacha bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonda ovoz berish uchun 17-mart kuni Toshkent va Samarqandda saylov uchastkalari ochiladi.

Rossiya prezidenti saylovi yuqori saviyada tashkil etilgan — Nizamxodjayev

© Press-slujba SIK UzbekistanaDelegatsiya RUz prinimayet uchastie v nablyudenii za viborami prezidenta Rossii
Delegatsiya RUz prinimayet uchastie v nablyudenii za viborami prezidenta Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston MSK raisi Nizamxodjayev saylovga tayyorgarlik jarayoni yuqori saviyada tashkil etilganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasi prezidenti saylovi kuzatuvida ishtirok etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston MSK matbuot xizmati xabar berdi.
Kecha, 14-mart kuni, Nizamxodjayev va Rossiya MSK raisi Ella Pamfilova o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
© Press-slujba SIK UzbekistanaDelegatsiya RUz prinimayet uchastie v nablyudenii za viborami prezidenta Rossii
Delegatsiya RUz prinimayet uchastie v nablyudenii za viborami prezidenta Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2024
Delegatsiya RUz prinimayet uchastie v nablyudenii za viborami prezidenta Rossii
Uchrashuvda Pamfilova prezident sayloviga tayyorgarlik va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, Rossiya Federatsiyasi saylov qonunchiligiga kiritilgan so‘nggi o‘zgartish va qo‘shimchalar, saylov kampaniyasining borishi to‘g‘risida batafsil axborot berdi.
Qayd etilishicha, prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish maqsadida bir qator MSKning normativ aktlari qabul qilinib, Rossiya fuqarolariga saylov huquqlarini amalga oshirish uchun quyidagi qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilgan:
ovoz berish ketma-ket uch kun (2024 yil 15, 16 va 17-mart kunlari) davomida amalga oshiriladi;
ovoz berish uchun zarur binolar mavjud bo‘lmagan va transport infratuzilmasi yaxshi rivojlanmagan aholi yashash punktlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun sayyor ovoz berish markazlari tashkil qilingan;
29 ta hududlarda an’anaviy ovoz berish bilan bir qatorda masofaviy elektron ovoz berish imkoniyatlari yaratilgan.
Uchrashuv qatnashchilariga saylov jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida ham axborot berildi. Shu maqsadda, internet axborot-telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalangan holda real vaqt rejimida saylov uchastkalari va hududiy saylov komissiyalari faoliyati videotranslyatsiyaga uzatiladi.
Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston MSK raisi Nizamxodjayev saylovga tayyorgarlik jarayoni yuqori saviyada tashkil etilganligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Markaziy saylov komissiyasining ochiqligi va uning xalqaro kuzatuvchilar faoliyatiga ko‘maklashishga tayyorligi, fuqarolarning saylov huquqlarini amalga oshirish, ovoz berish xavfsizligi va komissiya a’zolarining mehnat sharoiti xavfsizligini ta’minlash, shuningdek “InformUIK” loyihasi doirasida saylovchilarning elektoral madaniyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni ijobiy baholadi.
© Press-slujba SIK UzbekistanaDelegatsiya RUz prinimayet uchastie v nablyudenii za viborami prezidenta Rossii
Delegatsiya RUz prinimayet uchastie v nablyudenii za viborami prezidenta Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2024
Delegatsiya RUz prinimayet uchastie v nablyudenii za viborami prezidenta Rossii
Nizamxodjayev ikki tomonlama hamkorlik masalalariga to‘xtalib, aloqalar jadal rivojlanayotganligini alohida ta’kidladi. O‘zbekiston MSK va Rossiya MSK o‘rtasida 2006-yilda imzolangan hamkorlik va huquqiy axborot almashinuvi to‘g‘risidagi Protokol doirasida saylov sohasidagi o‘zaro hamkorlik bilan bir qatorda faol sherikchilik aloqalari ham yo‘lga qo‘yilganligi, shuningdek Butunjahon Saylov Organlari Assotsiatsiyasi, Osiyo Saylov Organlari Assotsiatsiyasi va MDHga a’zo davlatlar saylov organlari rahbarlarining Maslahatlashuv kengashi kabi xalqaro assotsiatsiyalardagi birgalikdagi faoliyat to‘g‘risida ham aytib o‘tdi.
© Press-slujba SIK UzbekistanaDelegatsiya RUz prinimayet uchastie v nablyudenii za viborami prezidenta Rossii
Delegatsiya RUz prinimayet uchastie v nablyudenii za viborami prezidenta Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2024
Delegatsiya RUz prinimayet uchastie v nablyudenii za viborami prezidenta Rossii
Delegatsiya a’zolari Rossiya MSK huzuridagi Axborot markazi bilan ham bevosita tanishdi.
Dosrochnoe golosovanie na viborax prezidenta RF nachalos v DNR - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2024
Rossiya prezidenti saylovi — 2024-yil
Rossiyada prezidentlik saylovida ovoz berish boshlandi
Yangiliklar lentasi
0