Otkritie informatsionnogo sentra SIK RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2024
Rossiya prezidenti saylovi — 2024-yil
Rossiya prezidenti saylovlari 2024-yil 15-martdan 17-martgacha bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonda ovoz berish uchun 17-mart kuni Toshkent va Samarqandda saylov uchastkalari ochiladi.

Medvedev Rossiya prezidenti saylovida ovoz berdi

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Mediabankka o‘tishZampred Sovbeza RF Medvedev progolosoval na viborax prezidenta RF
Zampred Sovbeza RF Medvedev progolosoval na viborax prezidenta RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2024
Obuna bo‘lish
Prezident saylovning birinchi kunida ovoz berish faol boshlandi. Dmitriy Medvedev rafiqasi bilan birinchilar qatorida saylov uchastkasiga keldi.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev prezident saylovida shaxsan o‘zi saylov uchastkasiga kelib ovoz berdi.
U turmush o‘rtog‘i Svetlana bilan "Gorki"dagi Yoshlar uyidagi 2074-sonli saylov uchastkasiga keldi.
"Bugun ovoz berishning birinchi kuni, shuning uchun biz birinchi qatorlarga chiqdik. Hatto bugun Svetlana Vladimirovnaning tug‘ilgan kuni, shunga qaramay, biz shu yerdamiz. Barchani ovoz berishda ishtirok etishga taklif qilamiz", - dedi Medvedev.
Olti yil avval, Rossiya hukumati rahbari bo‘lgan Medvedev rafiqasi Svetlana bilan Moskvadaning Ramenki hududidagi 2760-saylov uchastkasida ovoz bergan edi.
Rossiyada 2024-yilgi prezident saylovida ovoz berish 3 kun davom etadi: 15, 16 va 17-mart kunlari. Saylovlarda to‘rt nafar nomzod – “Novie lyudi” partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan Davlat Dumasi spikeri o‘rinbosari Vladislav Davankov, LDPR yetakchisi Leonid Sluskiy va Kommunistik partiya Markaziy qo‘mitasi Prezidiumi a’zosi Nikolay Xaritonov, shuningdek, amaldagi prezident Vladimir Putin o‘zini o‘zi ko‘rsatgan nomzod sifatida kurashmoqda.
Rossiya bo‘ylab 94 mingdan ortiq saylov uchastkalari o‘z eshiklarini ochadi. Saylovchilar soni 112 mlndan ortiqni tashkil qiladi.
Rabota Informatsionnogo  sentra SIK RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2024
Rossiya prezidenti saylovi — 2024-yil
Muddatidan oldin ovoz berishda 2,6 mln saylovchi qatnashdi — Pamfilova
Yangiliklar lentasi
0