YeXHT saylovga taklif qilinmadi — Pamfilova
15:40 15.03.2024 (yangilandi: 17:11 15.03.2024)
© Sputnik / StringerInformatsionniy ukazatel na zdanii OBSE v Vene.
© Sputnik / Stringer
Obuna bo‘lish
YeXHT shaffof bo‘lmagan nodemokratik tashkilot bo‘lgani uchun biz ularni saylovga taklif qilmadik, dedi Pamfilova.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosi (DIIHB) kuzatuvchilari Rossiya prezidenti sayloviga taklif qilinmadi, dedi Rossiya MSK raisi Ella Pamfilova.
“YeXHT DIIHB bizdan demokratiya va oshkoralikni talab qilganda, biz avval “o‘zingdan boshla” dedik, chunki tashkilotning o‘zi ham shaffof emas, ham nodemokratik. Biz bunga ko‘p marotaba amin bo‘lganmiz. Xususan, G‘arb va boshqa mamlakatlardan kelgan ko‘plab professional kuzatuvchilarning fikrlari inobatga olinmasdan, YeXHT DIIHB hisobotlari G‘arbdagi siyosiy vaziyatdan kelib chiqib, oldindan yozilganining guvoh bo‘lganmiz", — dedi Pamfilova.
Biz bunday ayyor o‘yinlarda boshqa ishtirok etmaslikka qaror qildik va shuning uchun biz bu yil ularni taklif qilmadik, dedi MSK raisi.
Rossiyada 2024-yilgi prezident saylovida ovoz berish 3 kun davom etadi: 15, 16 va 17-mart kunlari. Saylovlarda to‘rt nafar nomzod – “Novie lyudi” partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan Davlat Dumasi spikeri o‘rinbosari Vladislav Davankov, LDPR yetakchisi Leonid Sluskiy va Kommunistik partiya Markaziy qo‘mitasi Prezidiumi a’zosi Nikolay Xaritonov, shuningdek, amaldagi prezident Vladimir Putin o‘zini o‘zi ko‘rsatgan nomzod sifatida kurashmoqda.

Rossiya bo‘ylab 94 mingdan ortiq saylov uchastkalari o‘z eshiklarini ochadi. Saylovchilar soni 112 mlndan ortiqni tashkil qiladi.