Bu ishda terrorizm elementi bor — Pamfilova saylovga hujumlar haqida

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishVibori prezidenta Rossii
Vibori prezidenta Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2024
Obuna bo‘lish
Saylov bulletenlarini yaroqsiz holga keltirganlar besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Saylov uchastkalariga hujum qilganlarning barchasi qo‘lga olindi, Tergov qo‘mitasi ularga nisbatan jinoiy ish ochmoqda, dedi Markaziy saylov komissiyasi rahbari Ella Pamfilova.
"Hamma hibsga olingan, yana kim bu ishga jur’at qilsa — qamoqqa olinadi. Tergov qo‘mitasi tegishli ishlarni ochmoqda", dedi Pamfilova juma kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda.
MSK rahbari so‘zlariga ko‘ra, saylov qutilarini suyuqlik bilan to‘ldirgandan keyin hibsga olinganlar ular bu ishni pul uchun qilganliklarini tan olishgan.

Pamfilova aytishiga ko‘ra, saylov bulletenlariga shikast yetkazganlar bu ish uchun jiddiy javobgarlik borligidan bexabar. "Axir bu qilmishda terrorizm elementlari bor, bu oddiy bezorilik emas", - dedi MSK rahbari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Federatsiyasidagi prezidentlik saylovi bo‘yicha beshta saylov uchastkasida – Moskva, Voronej va Rostov viloyatlarida, shuningdek, Karachayevo-Cherkessiyada saylov qutilariga qasddan rang to‘kish holatlari qayd etilgan edi.
Pamfilova aytishiga ko‘ra, bu hodisalar Rossiya Jinoyat kodeksining 141 moddasiga ko‘ra (Ovoz berish huquqiga to‘sqinliq qilish) baholanib jinoyatchiga 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilishi mumkin.
Ikkinchidan, bu ish mutlaqo samarasiz, chunki kraska to‘kilgan bulletenlar agar yaroqsiz holga kelgan bo‘lsa shunchaki hisobga olinmaydi, lekin ularni to‘ldirgan saylovchilar saylovda qatnashgan hisoblanadi.
Ushbu hujumlardan keyin barcha saylov uchastkalarida hushor bo‘lish, turli noxush holatlarga tayyor turish haqida ogohlantirildi.
Yangiliklar lentasi
0