Ukraina askarlari Zelenskiyning bayonotiga kutilmagan munosabat bildirishdi — OAV

© AP Photo / Iryna RybakovaUkrainskie soldati na peredovoy nedaleko ot Baxmuta 16-iyunya 2023 goda.
Ukrainskie soldati na peredovoy nedaleko ot Baxmuta 16-iyunya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2024
Obuna bo‘lish
Maqolada qayd etilishicha, ular o‘q-dorilar va qurollarning keskin tanqisligidan shikoyat qilmoqdalar.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari askarlari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Rossiya armiyasining hujumi to‘xtatilgani haqidagi so‘zlariga shubha bilan munosabat bildirishdi. Bu haqda RIA Novosti “DR” nashriga tayangan holda xabar berdi.

“Artilleriya bo‘linmasi askarlari <...> Zelenskiyning bayonotiga kulib qo‘yishdi. Ular uchun bu siyosiy belgi va orzudagi narsani haqiqatga yo‘yishdan boshqa narsa emas, jang maydonidagi asl manzaradan yiroq tushunchalar”, — deyiladi nashrda.

Maqolada qayd etilishicha, ular o‘q-dorilar va qurollarning keskin tanqisligidan shikoyat qilmoqdalar.
Avvalroq Zelenskiy Fransiyaning “BFM TV”telekanaliga bergan intervyusida Rossiyaning hujumi to‘xtatilganini aytgandi.
Yaqinda prezidentning bayonotini Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy rad etib, rus qo‘shinlarining hujumi tufayli frontdagi vaziyatni og‘ir deb atagandi.
Fevral oyi o‘rtalarida Rossiya qo‘shinlari Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan kuchli mustahkamlangan hududga aylantirilgan Doneskning shimoliy chekkasidagi Avdeyevkani ozod qildi. Bu front chizig‘ini shahardan uzoqlashtirish va Ukraina Qurolli kuchlari hujumlaridan sezilarli darajada himoya qilish imkonini berdi. Oyning oxiriga kelib, Markaziy qo‘shinlar guruhi Avdeyevkaning g‘arbiy qismida yana bir nechta aholi punktlarini ozod qildi: Lastochkino, Severnoe, Petrovskoe.
Aerodrom bazirovaniya samoletov VKS RF v zone provedeniya spetsoperatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2024
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiyaning FAB-500 aviabombalari Ukraina armiyasini qiyratmoqda
Yangiliklar lentasi
0