Otkritie informatsionnogo sentra SIK RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2024
Rossiya prezidenti saylovi — 2024-yil
Rossiya prezidenti saylovlari 2024-yil 15-martdan 17-martgacha bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonda ovoz berish uchun 17-mart kuni Toshkent va Samarqandda saylov uchastkalari ochiladi.

Rossiya prezidenti saylovini 36 ta davlat delegatsiyalari kuzatadi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishOtkritie informatsionnogo sentra SIK RF
Otkritie informatsionnogo sentra SIK RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2024
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti saylovlarida 2 millionga yaqin saylovchi muddatidan oldin ovoz berdi.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Rossiya qonunchilarining taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasiga prezidentlik saylovlarida kuzatuvchi sifatida 36 ta davlat hamda beshta xalqaro tashkilot delegatsiyalari keladi. Bu haqda Federatsiya kengashi vitse-spikeri Konstantin Kosachovga tayanib, RIA Novosti xabar berdi.

“Bugungi kunga qadar Federal Majlis palatalarining taklifiga binoan 36 ta mamlakatdan, jumladan, 30 ta milliy parlamentdan kuzatuvchi sifatida saylovga delegatsiyalar kelmoqda. Shuningdek, beshta xalqaro tashkilot – MDH PA, KXShT PA, Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi parlamentlararo tashkiloti, IHT (Islom hamkorligi tashkiloti), Markaziy Amerika parlamenti (PARLACYeN)”, — dedi u.

Siyosatchining aniqlik kiritishicha, umumiy hisobda 200 dan ortiq parlament kuzatuvchisi va yana bir necha o‘nlab saylov ekspertlari qonunchilar taklifiga binoan Federal Majlis orqali akkreditatsiya qilingan va “bu raqam yanada oshishi mumkin”.
"Barcha tashkiliy masalalar hal qilindi, bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, hech qanday muammo yo‘q", — deya xulosa qildi Federatsiya Kengashi vitse-spikeri.
Rossiya Federatsiyasi prezidenti saylovi arafasida Markaziy saylov komissiyasining axborot markazi – ovoz berish ma’lumotlari yig‘iladigan, yetkaziladigan va sharhlanadigan, shuningdek, uning dastlabki natijalari e’lon qilinadigan asosiy shtab ish boshladi.
Markaziy saylov komissiyasi axborot markazi ish boshlaganini Markaziy saylov komissiyasi raisi Ella Pamfilova prezident saylovida ovoz berishga tayyorlik to‘g‘risida ma’lum qildi.

“An’anaga ko‘ra, ovoz berishning birinchi kuni arafasida Markaziy saylov komissiyasi butun saylov tizimining saylovga tayyorligi to‘g‘risida hisobot beradi. Axborot markazimizning ishi ham shundan boshlanadi, – dedi u.

Pamfilova, shuningdek, Rossiya prezidenti saylovlari birinchi marta og‘ir, ekstremal vaziyatda o‘tkazilayotganini ta’kidladi.

“Biz ilk bor saylovlarni shunday og‘ir, ekstremal vaziyatda, albatta, uzluksiz tahdidlar va boshqa ko‘plab salbiy hodisalar sharoitida o‘tkazmoqdamiz. Biz bularning barchasini oldindan bilganmiz, prinsipial jihatdan, bu biz uchun birinchi marta emas, shuning uchun biz oldindan chora ko‘rdik va barcha hududlarda ovoz berish uchun zaxira binolar va joylar belgilandi”, — dedi Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi raisi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, zaxira binolarning 83 foizi (52 mingtadan ortiq) doimiy binolarda, 17 foizi (10 mingtadan ortiq) ko‘chma ovoz berish punktlarida joylashtiriladi. Pamfilovaning so‘zlariga ko‘ra, prezidentlik saylovlarida provokatsiyalar bo‘lishi mumkin, ammo Rossiya bunga dosh beradi.
Bundan tashqari, u Rossiya prezidenti saylovlarida 2 millionga yaqin saylovchi muddatidan oldin ovoz berganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Federatsiya Kengashi prezidentlik saylovini 2024-yil 17-martga belgilagan. Ovoz berish uch kun davom etadi: 15, 16 va 17-mart. Davlat rahbari lavozimiga Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan to‘rt nafar nomzod: Leonid Sluskiy, Nikolay Xaritonov, Vladislav Davankov va Vladimir Putin da’vogarlik qilmoqda.
Prezident RF V.Putin vistupil s obrasheniyem k grajdanam Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2024
Rossiya prezidenti saylovi — 2024-yil
Saylovda qatnashish bu vatanparvarlik — Putin rossiyaliklarga murojaat qildi
Yangiliklar lentasi
0