https://oz.sputniknews.uz/20240314/qirgiziston-ozbekiston-100-ta-avtobus-42935285.html
Qirg‘iziston O‘zbekistondan 100 ta avtobus sotib oladi
Qirg‘iziston O‘zbekistondan 100 ta avtobus sotib oladi
Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston O‘sh shahri uchun O‘zbekistondan zamonaviy avtobuslar xarid qiladi.
2024-03-14T17:16+0500
2024-03-14T17:16+0500
2024-03-14T17:16+0500
jamiyat
qirg‘iziston
o‘zbekiston
avtobus
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/09/31339137_0:10:1280:730_1920x0_80_0_0_7ad153649ed6d2dde641fc00f2cfdd81.jpg
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Qirg‘iziston-O‘zbekiston taraqqiyot jamg‘armasi ofisida O‘sh shahar meriyasi bilan 100 ta shahar yo‘lovchi avtobusini moliyaviy lizinga berish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Bu haqda Qirg‘iziston milliy axborot agentligi “Kabar” xabar berdi.Nashrning yozishicha, Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan shahar yo‘lovchi avtobuslarini xarid qilish uchun moliyalashtirish jamg‘rama tomonidan amalga oshiriladi.Aytilishicha, yo‘lovchi avtobuslarini xarid qilish shahar avtotransport korxonasi uchun jamoat transporti parkini kengaytirish va modernizatsiya qilish, yo‘lovchi tashish samaradorligini oshirish va shaharda transport xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash imkonini beradi.Jamg‘arma boshqaruvi raisi Aziz Aaliyevning so‘zlariga ko‘ra, mazkur kelishuv shahar infratuzilmasini rivojlantirishga ko‘maklashish va barqaror rivojlanishni ta’minlash maqsadida investorlar va davlat idoralari o‘rtasidagi muvaffaqiyatli hamkorlikning namunasi bo‘ladi.Eslatib o‘tamiz, jamag‘armani tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari tomonidan Sadir Japarovning 2021-yil mart oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida imzolangan edi. Jamg‘arma ikki respublika o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.Bosh qarorgohi Qirg‘iziston poytaxti – Bishkekda joylashgan. Tashkilotning ustav kapitali 50 mln dollar. Jamg‘arma Qirg‘iziston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlaridagi o‘zini o‘zi ta’minlovchi loyihalarni kreditlar va aksiyadorlik kapitali hisobidan moliyalashtiradi.
https://oz.sputniknews.uz/20231108/markaziy-osiyo-mamlakatlari-poytaxtlarida-avtobus-yolkirasi-narxlari-qancha-infografika-40807142.html
qirg‘iziston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/09/31339137_195:0:1180:739_1920x0_80_0_0_7da42f04009be41e79107bff7601c54d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qirg‘iziston o‘sh shahri o‘zbekiston zamonaviy avtobuslar
qirg‘iziston o‘sh shahri o‘zbekiston zamonaviy avtobuslar
Qirg‘iziston O‘zbekistondan 100 ta avtobus sotib oladi
Qirg‘iziston O‘sh shahri uchun O‘zbekistondan zamonaviy avtobuslar xarid qiladi.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Qirg‘iziston-O‘zbekiston taraqqiyot jamg‘armasi ofisida O‘sh shahar meriyasi bilan 100 ta shahar yo‘lovchi avtobusini moliyaviy lizinga berish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Bu haqda Qirg‘iziston milliy axborot agentligi “Kabar”
xabar berdi. Nashrning yozishicha, Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan shahar yo‘lovchi avtobuslarini xarid qilish uchun moliyalashtirish jamg‘rama tomonidan amalga oshiriladi.
“Ushbu ikkinchi kelishuv O‘sh shahrining transport infratuzilmasini yaxshilashda muhim qadam bo‘ladi. O‘zbekiston-Qirg‘iziston Taraqqiyot jamg‘armasi va O‘sh shahar meriyasi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilgan avvalgi muvaffaqiyatli loyiha shaharni rivojlantirish bo‘yicha umumiy maqsadlarga erishishda bunday hamkorlik samaradorligini tasdiqladi”, — deya ta’kidlaydi “Kabar”.
Aytilishicha, yo‘lovchi avtobuslarini xarid qilish shahar avtotransport korxonasi uchun jamoat transporti parkini kengaytirish va modernizatsiya qilish, yo‘lovchi tashish samaradorligini oshirish va shaharda transport xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash imkonini beradi.
Jamg‘arma boshqaruvi raisi Aziz Aaliyevning so‘zlariga ko‘ra, mazkur kelishuv shahar infratuzilmasini rivojlantirishga ko‘maklashish va barqaror rivojlanishni ta’minlash maqsadida investorlar va davlat idoralari o‘rtasidagi muvaffaqiyatli hamkorlikning namunasi bo‘ladi.
“Yuzta zamonaviy avtobusning xarid qilinishi shahrimizda transport tizimini takomillashtirish, yo‘lovchi tashish sharoitini yaxshilashda muhim qadam bo‘ladi. Ushbu loyiha infratuzilmani rivojlantirish, shahar aholisi va mehmonlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi umumiy maqsadimizdan dalolat beradi”, — dedi O‘sh shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Mars Isayev.
Eslatib o‘tamiz, jamag‘armani tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari tomonidan Sadir Japarovning 2021-yil mart oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida imzolangan edi. Jamg‘arma ikki respublika o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida
tashkil etilgan.Bosh qarorgohi Qirg‘iziston poytaxti – Bishkekda joylashgan. Tashkilotning ustav kapitali 50 mln dollar. Jamg‘arma Qirg‘iziston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlaridagi o‘zini o‘zi ta’minlovchi loyihalarni kreditlar va aksiyadorlik kapitali hisobidan moliyalashtiradi.