Mirziyoyev Sirdaryoda: mutasaddilarga qanday topshiriqlar berdi?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2024
Obuna bo‘lish
Sayxunobodda eksportga ko‘maklashuvchi korxona ochilib, ustaviga 1 milliard so‘m kiritiladi.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga tashrif buyurib, aholining yashash sharoitlari bilan tanishadi, deb yozmoqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.
“Davlatimiz rahbari nega aynan shu tumanga kelganini izohladi. Sayxunobod aholisi yaxshi yashashga, daromadli bo‘lishga, bolalarini o‘qitishga intilayotgani, lekin tumandagi og‘ir iqtisodiy ahvol bunga to‘sqinlik qilayotgani qayd etildi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari, Sayxunobod tumani hokimi va uning birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, o‘rniga zamonaviy rahbarlar qo‘yildi.
Sayxunobodda 17 mingta xonadonda tomorqani ishga solish, kichik sanoat va xizmatlarni yo‘lga qo‘yish orqali, aholini daromadli qilish vazifasi qo‘yildi.
“Mas’ullar 19 ta mahalla va 794 ta ko‘chani nomma-nom bo‘lib olib, bu yil tadbirkorlik uchun beriladigan 200 milliard so‘m hisobidan ularni har biriga texnik iqtisodiy asos ishlab chiqadi”, — deyiladi xabarda.
Bunda, mahallani “drayver” yo‘nalishidan kelib chiqib, tumandagi 17 mingta xonadon kesimida tomorqada qancha, sanoatda qancha, savdo va xizmatlarda qancha aholi band bo‘lishi aniq ko‘rsatiladi.
Sayxunobodda ilk bor yangi tajriba qilinib, 19 ta mahallani har biriga 1 tadan mini traktor, 4 tadan moto-kultivator olib berildi.
Endilikda har bir mahalladagi hokim yordamchisi “1 sotix tomorqadan kamida 1-2 million so‘m daromad” degan mezon asosida aholi uchun biznes reja ishlab chiqadi. Mahalladagi agronomlar bilan birga olib berilgan texnikalar hisobidan tomorqa yerlarini haydash va ekin ekish xizmatlarini ko‘rsatadi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev dlya oznakomleniya s usloviyami jizni naseleniya 14-marta otbil v Sirdarinskuyu oblast.
Prezident Shavkat Mirziyoyev dlya oznakomleniya s usloviyami jizni naseleniya 14-marta otbil v Sirdarinskuyu oblast. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2024
Prezident Shavkat Mirziyoyev dlya oznakomleniya s usloviyami jizni naseleniya 14-marta otbil v Sirdarinskuyu oblast.
“Sayxunobod tajribasi butun respublikada ommalashtiradi”, — deya qo‘shimcha qilindi xabarda.
Aytilishicha, sotib olish tizimini yo‘lga qo‘yish Sayxunobodda ham, boshqa tumanlarda ham eng asosiy masala. Shu maqsadda tumanda eksportga ko‘maklashuvchi korxona ochilib, ustaviga 1 milliard so‘m kiritiladi.
Bu korxona 4 ming xonadonga serhosil qovoq, mosh, loviya, rozmarin, brokkoli, timyan urug‘ini yetkazadi, yetishtirilgan mahsulotni sotib olib, eksport qiladi.
Tumanda quyidagilar amalga oshiriladi:
mahallada sotib olishni yo‘lga qo‘ygan eksportchi, ilg‘or tadbirkorlarga 300 million so‘mdan 1 milliard so‘mgacha grant beriladi;
tumandagi 19 ta mahallaning har birida istagi bor aholiga namunaviy intensiv bog‘ qilib beriladi;
xonadonlar kooperatsiya asosida eskportchi bilan bog‘lab beriladi, 2 ming tonnalik saqlash, saralash va qayta ishlash kompleksi tashkil etiladi;
tumandagi 98 kilometr kanallar va drenaj tarmoqlari atrofidagi 100 gektar bo‘sh yerlar kooperatsiya asosida 500 ta xonadonga terak ekish uchun bo‘lib beriladi;
tumanda 4 ta yirik parrandachilik fermasi ishga tushiriladi va 2 ming xonadon bilan kooperatsiya yo‘lga qo‘yiladi.
“Parranda korxonalari 2 mingta xonadonga 500 tadan 2 mingtagacha jo‘ja tarqatib, xonadonda sanoat usulida yiliga o‘rtacha 6-marta mahsulot olishni tashkil qiladi. Ular ozuqani ham o‘zi yetkazadi, boqishni ham o‘rgatadi, parvarishiga ham ko‘maklashadi. Natijada xonadonlarda yiliga 10 million parranda boqilib, shuni o‘zidan tumanda yiliga qo‘shimcha 22 ming tonna parranda go‘shti yetishtiriladi”, — deyiladi xabarda.
Sirdaryo darosining 19 kilometri “O‘rikzor” va “Yangihayot” mahallalaridan oqib o‘tadi. Tumanda 125 gektar tabiiy, 580 gektar sun’iy suv havzasi bo‘lsada, imkoniyatlar to‘liq ishga solinmayapti. Shu munosabat bilan “O‘rikzor” va “Yangihayot” mahallalaridagi 500 ta xonadonga basseyn qurib, baliqchilik bilan shug‘ullanishga ko‘maklashiladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev dlya oznakomleniya s usloviyami jizni naseleniya 14-marta otbil v Sirdarinskuyu oblast.
Prezident Shavkat Mirziyoyev dlya oznakomleniya s usloviyami jizni naseleniya 14-marta otbil v Sirdarinskuyu oblast. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2024
Prezident Shavkat Mirziyoyev dlya oznakomleniya s usloviyami jizni naseleniya 14-marta otbil v Sirdarinskuyu oblast.
Samarasiz 200 gektar sun’iy suv havzalari 300 ta xonadonga baliq yetishtirish uchun bo‘lib beriladi. Bunga 100 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi.
Tumandagi xonadonlarning yarmida chorva boqiladi. “Do‘stlik” mahallasida 50 dan ortiq odam chorvani yanada ko‘paytirish niyatida, lekin ularga ozuqaga yer berish, kredit olishda yordam berilmayapti. Tumanda hozir tashlandiq yotgan 400 gektar yer bo‘lsada, bu yerlar shunday xohishi bor odamlarga berilmagan.
Endilikda oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida qoramol, qo‘y va echki olish uchun 33 million so‘m imtiyozli kredit garovsiz, naqd pulda beriladi. Bu orqali tumandagi 1,5 ming xonadonga chorvani ko‘paytirish uchun sharoit yaratiladi.
Qayd etilgan 400 gektarni 800 ta xonadonga bo‘lib berish topshirildi.
Tumanda kuniga o‘rtacha 300 tonna sut olinib, aholi tomonidan boshqa tumanlarga borib sotilayapti. Shu munosabat bilan Xorazm tajribasi asosida “Sintob”, “Paxtaobod”, “Olg‘a bos”, “Do‘stlik” mahallalarida sutni yig‘ish shoxobchalarini ishga tushirish muhimligi qayd etildi. Shuningdek, “Olg‘a bos” mahallasida kuniga 3-4 tonna sutni qayta ishlash sexi foydalanishga topshiriladi.
Tumandagi bir necha yillardan buyon bo‘sh turgan 21 ta obyektga investorlarni jalb qilishning yangi mexanizmi joriy etiladi. Kamida 100 million dollarlik sanoat loyihalari boshlanib, “Farovon” mahallasida uzoq vaqt tashlandiq bo‘lib turgan 35 gektar maydonda kichik sanoat zonasi tashkil qilinadi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev dlya oznakomleniya s usloviyami jizni naseleniya 14-marta otbil v Sirdarinskuyu oblast.
Prezident Shavkat Mirziyoyev dlya oznakomleniya s usloviyami jizni naseleniya 14-marta otbil v Sirdarinskuyu oblast. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2024
Prezident Shavkat Mirziyoyev dlya oznakomleniya s usloviyami jizni naseleniya 14-marta otbil v Sirdarinskuyu oblast.
“Tumanda tadbirkorlik infratuzilmasini yaxshilashga 60 milliard so‘m mablag‘ ajratiladigan bo‘ldi. Mutasaddilarga tadbirkorlarning infratuzilma bilan bog‘liq masalalarni hal qilish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi”, — deyiladi xabarda.
Sayxunobod hududidan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lidan har kuni 20 mingdan ziyod avtomobil o‘tadi. Bu imkoniyatni ishga solish uchun “O‘rikzor”, “Guliston”, “Nurli yo‘l”, “Baxmalsoy”, “Farovon” mahallalaridagi 9 gektar maydonda 40 ta xizmat ko‘rsatish obyekti, 1 ta mehmonxona va 1 ta logistika markazi ishga tushiriladi.
Aytilishicha, Sayxunobodda hozirni o‘zida 1 mingga yaqin aholida uy-joy olish istagi bor.
“Turon” mahallasidagi sobiq mashina-traktor parkiga tegishli bo‘sh yerda 10 ta ko‘p qavatli uy qurilishini boshlashga ko‘rsatma berildi. Bu uylarda yashaydigan aholi uchun 180 o‘rinli yangi bog‘cha va 35-maktabda 330 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv bloki barpo etiladi. Shu yerni o‘zida ish o‘rni yaratish uchun tikuvchilik korxonalari tashkil qilinadi.
Sayxunobodda ham yashirin iqtisodiyotni “soya”dan chiqarish va ish o‘rinlarini rasmiylashtirish bo‘yicha ishlarni faollashtirish lozimligi qayd etildi.
Bunda, mahalla hududidagi tadbirkorlar "soya"dan chiqib, rasmiy ish o‘rnini ko‘paytirsa, daromad solig‘idan qo‘shimcha tushumning 50 foizi o‘sha mahalla ixtiyorida qoladi. Tumandagi mol-mulk va yer soliqlarining 10 foizi ham mahalla budjetida qoladi.
"Sayxunobod misolida oilalarni daromadli qilish, investitsiya jalb qilish bo‘yicha yangi tizimni respublikaning barcha 9 ming 452 ta mahallasida yo‘lga qo‘yish yuzasidan iqtisodiy kompleks rahbarlariga, banklar, hokimlar va ularni birinchi o‘rinbosarlariga aniq topshiriqlar berildi", — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Bu ishlar qanday tashkil qilinayotganiga qarab, ushbu rahbarlar faoliyatiga baho berilishi qayd etildi.
Yangiliklar lentasi
0