Rossiyaning yadroviy triadasi boshqalarga qaraganda zamonaviyroq – Putin

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishSovmestnaya trenirovka peshix i mexanizirovannix kolonn pered Paradom Pobedi
Sovmestnaya trenirovka peshix i mexanizirovannix kolonn pered Paradom Pobedi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2024
Obuna bo‘lish
Putinning so‘zlariga ko‘ra, AQSh yadroviy kuchlarni rivojlantirmoqda, ammo bu uning ertaga yadro urushini boshlashga tayyorligini anglatmaydi.
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Rossiyaning yadroviy triadasi boshqalarga qaraganda zamonaviyroq. Bu haqda mamlakat yetakchisi Vladimir Putin "Rossiya segodnya" xalqaro media guruhi bosh direktori Dmitriy Kiselovga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, AQSh yadroviy kuchlarni rivojlantirmoqda, ammo bu uning ertaga yadro urushini boshlashga tayyorligini anglatmaydi.
“Ular hozir ana shu zamonaviylikni, yangilikni oshirish vazifasini o‘z oldilariga qo‘ymoqdalar va tegishli rejaga ega. Buni biz ham bilamiz. Ular o‘zlarining barcha tarkibiy qismlarini rivojlantirapti. Biz ham”, — dedi prezident.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar AQSh yadro sinovlarini o‘tkazsa, Rossiya ham shunday qilishi mumkin. Havo hujumidan mudofaa paytida taktik yadro qurolidan foydalanishga hech qachon ehtiyoj sezilmagan.
Uning ta’kidlashicha, bunday turdagi sinovlarni taqiqlovchi kelishuv mavjud. Shtatlar ushbu Yadro sinovlarini to‘liq taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilmaganlar, Rossiya esa paritetni saqlab qolish uchun ratifikatsiyasini qaytarib olgan, deb eslatdi Rossiya prezidenti.
“Shartnoma Qo‘shma Shtatlar tomonidan ratifikatsiya qilinmaganligi sababli, u kerakli miqdordagi ratifikatsiyani olmagani uchun nihoyat qonuniy kuchga kirmadi. Lekin shunga qaramay biz bu kelishuvlarga amal qilamiz”, — deya qayd etdi u.
Putinning aytishicha, agar savol Rossiya davlatining mavjudligi, mamlakat suvereniteti va mustaqilligiga putur yetkazadigan bo‘lsa, Rossiya yadro qurolidan foydalanishga tayyor.
"Qurollar foydalanish uchun mavjud. Bizning o‘z prinsiplarimiz bor. Ular nima haqida gapirayapti: agar biz Rossiya davlatining mavjudligi, suverenitetimiz va mustaqilligimizga zarar yetkazadigan bo‘lsak, qurol-yarog‘ni, jumladan, har qanday qurolni, shu jumladan siz aytgan qurollarni ham ishlatishga tayyormiz. Bizning Strategiyada hamma narsa yozilgan, biz uni o‘zgartirmadik", — dedi u.
Yangiliklar lentasi
0