https://oz.sputniknews.uz/20240313/ozbekiston-qirgiziston-ishbilarmonlar-kengash-42910063.html
O‘zbek-qirg‘iz ishbilarmonlari oziq-ovqat ishlab chiqarmoqchi
O‘zbek-qirg‘iz ishbilarmonlari oziq-ovqat ishlab chiqarmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Qirg‘iziston Ishbilarmonlar kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 13.03.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-03-13T16:10+0500
2024-03-13T16:10+0500
2024-03-13T20:46+0500
o‘zbekiston
qirg‘iziston
savdo-sanoat palatasi
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/0d/42909704_0:31:1280:751_1920x0_80_0_0_da0447a17af78818e65757c557a019ad.jpg
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston kompaniyalari o‘rtasida oziq-ovqat mahsulotlarini o‘zaro ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishildi, deya xabar berdi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati. Toshkentda O‘zbekiston-Qirg‘iziston Ishbilarmonlar kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kun tartibidagi asosiy masalalar O‘zbekiston-Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qo‘shma tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘ldi. Bundan tashqari, tez buziladigan mahsulotlar uchun yashil yo‘lak, umumiy laboratoriya, sanitariya nazorati, qo‘shimcha nazorat-o‘tkazish punktlari ochish va temir yo‘l orqali yuk tashish hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi.O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi so‘nggi 5-yilda 5 barobarga oshib, 2023-yil yakuniga ko‘ra qariyb 1 milliard dollarni tashkil etdi.
o‘zbekiston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/0d/42909704_138:71:1007:723_1920x0_80_0_0_249287c496cc9b707780d81fd4c4577d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, qirg‘iziston, savdo-sanoat palatasi, iqtisod
o‘zbekiston, qirg‘iziston, savdo-sanoat palatasi, iqtisod
O‘zbek-qirg‘iz ishbilarmonlari oziq-ovqat ishlab chiqarmoqchi
16:10 13.03.2024 (yangilandi: 20:46 13.03.2024) O‘zbekiston-Qirg‘iziston Ishbilarmonlar kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston kompaniyalari o‘rtasida oziq-ovqat mahsulotlarini o‘zaro ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishildi, deya xabar berdi Savdo-sanoat palatasi
matbuot xizmati. Toshkentda O‘zbekiston-Qirg‘iziston Ishbilarmonlar kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kun tartibidagi asosiy masalalar O‘zbekiston-Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qo‘shma tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘ldi.
Bundan tashqari, tez buziladigan mahsulotlar uchun yashil yo‘lak, umumiy laboratoriya, sanitariya nazorati, qo‘shimcha nazorat-o‘tkazish punktlari ochish va temir yo‘l orqali yuk tashish hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi.
"Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida Qirg‘izistonning “Alaiku Organics” va O‘zbekistonning “Milk House” kompaniyasi o‘rtasida oziq-ovqat mahsulotlarini o‘zaro ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishildi, shuningdek, B2B formatidagi uchrashuvlar yakuni bo‘yicha bir qator shartnomalar imzolandi", — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi so‘nggi 5-yilda 5 barobarga oshib, 2023-yil yakuniga ko‘ra qariyb 1 milliard dollarni tashkil etdi.