https://oz.sputniknews.uz/20240313/ipoteka-uy-joy-auktsion-mirziyoev-42905891.html
Ipoteka, uy-joy qo‘rilishi va auksion: Mirziyoyev mutasaddilarga qanday topshiriqlar berdi?
Ipoteka, uy-joy qo‘rilishi va auksion: Mirziyoyev mutasaddilarga qanday topshiriqlar berdi?
Sputnik O‘zbekiston
Joriy yilgi dastur doirasida 100 mingta uy-joy qurish rejalashtirilgan. 13.03.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-03-13T09:29+0500
2024-03-13T09:29+0500
2024-03-13T09:29+0500
jamiyat
o‘zbekiston
uy
yangi uylar
shavkat mirziyoyev
kredit
ipoteka
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/0d/42906327_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_95ce3e69f65d8a50606027225e9e1ce8.jpg
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Respublikada ko‘p qavatli uy-joylar qurilishiga qo‘shimcha yerlar auksionga chiqariladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan joriy yilda uy-joylar hamda “Yangi O‘zbekiston” massivlari qurilishi bo‘yicha yig‘ilishda ma’lum qilindi. Qayd etilishicha, o‘tgan yili mamlakatda 85 mingta yoki 2022-yilga nisbatan 1,5 barobar ko‘p xonadon qurildi. Aholiga 17 trillion so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi.Yig‘ilishda mutasaddilarga qurilish tannarxini pasaytirish va uylar sifatini yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shu maqsadda, taklifni ko‘paytirish uchun ko‘p qavatli uy-joylar qurilishiga qo‘shimcha yerlar auksionga chiqarilishi belgilandi.Bu yil ipotekani moliyalashtirish uchun barcha manbalardan 22,5 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Jumladan, ipoteka kreditlari uchun qariyb 10 trillion so‘m, daromadi yuqori bo‘lmagan 20 ming oilaga boshlang‘ich badal va foiz to‘lovini qoplash uchun 2,3 trillion so‘m beriladi.Pudrat tashkilotlarining aylanma mablag‘ini ko‘paytirish uchun 500 milliard so‘m resurs yo‘naltiriladi. Bunda yillik 16 foiz stavkada 12 oylik imtiyozli davr bilan 18 oyga imtiyozli kreditlar ajratiladi.Bu maqsadlarga banklar ham o‘z mablag‘larini kiritadi.Aytilishicha, endi 5 qavatli uylarni barpo etishga kamida “qoniqarli” va 9 qavatli uylarga “o‘rta qoniqarli” reytingiga ega bo‘lgan pudratchilar jalb qilinadi. Bu – qo‘shimcha 2 mingga yaqin pudratchiga yo‘l ochib beradi.Quyidagilar amalga oshirilishi qayd etildi:Kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kirgan va turar joyi nochor ahvoldagi oilalarga, “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida, o‘z hovlisida uy qurish va ta’mirlashga 120 million so‘mgacha ipoteka krediti ajratish yo‘lga qo‘yiladi. Bunda kreditning 15 foizi va dastlabki besh yilda foiz stavkasining 6 foizgacha bandi budjetdan qoplab beriladi.O‘tgan uch yilda uning kredit portfeli 3 trillion so‘mdan oshdi. Ushbu kompaniya ustav kapitalini 100 million dollarga yetkazish, xorijiy mablag‘lar jalb etishni kengaytirish vazifasi belgilandi.Yig‘ilishda “Yangi O‘zbekiston” massivlarini barpo etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.Bugungi kunda hududlarda 38 ta massiv qurilishi boshlangan. Joriy yilda yana 17 ta massiv bunyod etish ko‘zda tutilgan.Lekin ayrim joylarda kechikish holatlari bor. Masalan, Surxondaryo, Andijon, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarida qurilish ishlari ortda qolmoqda.Shu bois har bir massiv kesimida manzilli ro‘yxatni tasdiqlab, bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Davlat rahbari bunda asosiy talablar – sifat, muddat va tannarx ekanini ta’kidladi.Qayd etilishicha, yer auksionida qatnashadigan qurilish va pudrat tashkilotlarining moliyaviy salohiyatiga minimal talablar joriy qilinishi belgilandi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/0d/42906327_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_3ab697bc2cda34a64eaf76639b8a4a39.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, uy, yangi uylar, shavkat mirziyoyev, kredit, ipoteka
jamiyat, o‘zbekiston, uy, yangi uylar, shavkat mirziyoyev, kredit, ipoteka
Ipoteka, uy-joy qo‘rilishi va auksion: Mirziyoyev mutasaddilarga qanday topshiriqlar berdi?
Joriy yilgi dastur doirasida 100 mingta uy-joy qurish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Respublikada ko‘p qavatli uy-joylar qurilishiga qo‘shimcha yerlar auksionga chiqariladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan joriy yilda uy-joylar hamda “Yangi O‘zbekiston” massivlari qurilishi bo‘yicha yig‘ilishda
ma’lum qilindi. Qayd etilishicha, o‘tgan yili mamlakatda 85 mingta yoki 2022-yilga nisbatan 1,5 barobar ko‘p xonadon qurildi. Aholiga 17 trillion so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi.
“Aholi sonining o‘sishini inobatga olib, bunday ishlar izchil davom ettirilmoqda. Xususan, joriy yilgi dastur doirasida 100 mingta uy-joy qurish rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.
Yig‘ilishda mutasaddilarga qurilish tannarxini pasaytirish va uylar sifatini yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shu maqsadda, taklifni ko‘paytirish uchun ko‘p qavatli uy-joylar qurilishiga qo‘shimcha yerlar auksionga chiqarilishi belgilandi.
Bu yil ipotekani moliyalashtirish uchun barcha manbalardan 22,5 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Jumladan, ipoteka kreditlari uchun qariyb 10 trillion so‘m, daromadi yuqori bo‘lmagan 20 ming oilaga boshlang‘ich badal va foiz to‘lovini qoplash uchun 2,3 trillion so‘m beriladi.
Pudrat tashkilotlarining aylanma mablag‘ini ko‘paytirish uchun 500 milliard so‘m resurs yo‘naltiriladi. Bunda yillik 16 foiz stavkada 12 oylik imtiyozli davr bilan 18 oyga imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Bu maqsadlarga banklar ham o‘z mablag‘larini kiritadi.
Aytilishicha, endi 5 qavatli uylarni barpo etishga kamida “qoniqarli” va 9 qavatli uylarga “o‘rta qoniqarli” reytingiga ega bo‘lgan pudratchilar jalb qilinadi. Bu – qo‘shimcha 2 mingga yaqin pudratchiga yo‘l ochib beradi.
“Turar joylar qurilishida “yashil” standart joriy qilinadi. U asosida bunyod etiladigan uy uchun pudratchilarga kreditlar bir foiz past, ya’ni yillik 15 foiz stavkada beriladi”, — deyiladi xabarda.
Quyidagilar amalga oshirilishi qayd etildi:
Pudratchilarga kreditlar bo‘yicha kafillik berish va foiz xarajatini qisman qoplashga Tadbirkorlik kompaniyasi tomonidan 200 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
Uy qurilishi uchun maxsus texnikalar importi bo‘yicha berilgan bojxona imtiyozi yana bir yilga uzaytiriladi.
Bundan buyon ipoteka kreditlari bo‘yicha garovga olinadigan uyni sug‘urtalash talabi bekor qilinadi.
Kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kirgan va turar joyi nochor ahvoldagi oilalarga, “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida, o‘z hovlisida uy qurish va ta’mirlashga 120 million so‘mgacha ipoteka krediti ajratish yo‘lga qo‘yiladi. Bunda kreditning 15 foizi va dastlabki besh yilda foiz stavkasining 6 foizgacha bandi budjetdan qoplab beriladi.
O‘tgan uch yilda uning kredit portfeli 3 trillion so‘mdan oshdi. Ushbu kompaniya ustav kapitalini 100 million dollarga yetkazish, xorijiy mablag‘lar jalb etishni kengaytirish vazifasi belgilandi.
Yig‘ilishda “Yangi O‘zbekiston” massivlarini barpo etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Bugungi kunda hududlarda 38 ta massiv qurilishi boshlangan. Joriy yilda yana 17 ta massiv bunyod etish ko‘zda tutilgan.
Lekin ayrim joylarda kechikish holatlari bor. Masalan, Surxondaryo, Andijon, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarida qurilish ishlari ortda qolmoqda.
Shu bois har bir massiv kesimida manzilli ro‘yxatni tasdiqlab, bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Davlat rahbari bunda asosiy talablar – sifat, muddat va tannarx ekanini ta’kidladi.
Qayd etilishicha, yer auksionida qatnashadigan qurilish va pudrat tashkilotlarining moliyaviy salohiyatiga minimal talablar joriy qilinishi belgilandi.