Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

Ekspert Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi yangi temir yo‘l koridorining ahamiyati haqida

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Baxtiyor Ergashevning fikricha, Markaziy Osiyo mamlakatlari yirik infratuzilma loyihalarini mustaqil amalga oshirish uchun hali yetarli salohiyatga ega emas.
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida “Hozirgi bosqichda Markaziy Osiyo transport koridorlarining geosiyosati" mavzuyida Bishkek - Ostona - Toshkent videoko‘prigi bo‘lib o‘tdi. Unda “Man’o” tadqiqot tashabbuslari markazi direktori Baxtiyor Ergashev Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi yangi temir yo‘l koridorlari loyihalari ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
Baxtiyor Ergashevning so‘zlariga kzra, Markaziy Osiyo mamlakatlari yirik infratuzilma loyihalarini mustaqil amalga oshirish uchun hali yetarli salohiyatga ega emas. Masalan, O‘zbekiston tashabbusi bo‘lgan Transafg‘on temir yo‘li loyihasi, Pokiston tomonidan qo‘llab-quvvatlangan bo‘lsa-da, boshqa davlatlar investor sifatida qo‘shilmas ekan, uni amalga oshirib bo‘lmaydi. Va bu ushbu loyihaning asosiy muammosi.
"Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston loyihasi ham bunga misol bo‘lishi mumkin. Bu yirik va o‘ta zarur loyiha, lekin uning shu vaqtga qadar amalga oshirilmagani sababi — uni moliyalashtirish masalalari hal etilmaganidir. Iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatlarimiz cheklanganligi sababli biz bunday yirik loyihalarga hozircha tayyor emasmiz. Mintaqa davlatlarining transport-kommunikatsion bog‘liqligi — bu shunchaki gap emas", — deydi u.
Mintaqaviy loyihalar unchalik katta bo‘lmasa ham, xuddi shu Transafg‘on temir yo‘l koridoridan kam bo‘lmagan ahamiyatga ega. Masalan O‘zbekistonni Qozog‘iston bilan bog‘laydigan uzunligi 150 km bo‘lgan “Maktaaral – Darbaza” temiryo‘li qurilishi loyihasi. Bu unchalik katta masofa, yirik loyiha emas, lekin bu mamlakatlar o‘rtasidagi ichki savdo aylanmasini oshirishga imkon beradi. Boshqa tomondan, Qozog‘iston 19-asr oxirida qurilgan temiryo‘l chegara kesishmasiga muqobil ravishda yana bitta temir yo‘l kesishmasiga ega bo‘ladi.
"Undan tashqari, O‘zbekistonning janubga– Buxoro, Termiz, Turkmaniston, Eron va Afg‘onistonga chiquvchi yangi muqobil yo‘nalishlarga ega bo‘ladi. Uzunligi bir necha o‘n kilometr bo‘lgan loyihani amalga oshirish allaqachon boshlangan. Yana bir yirik mintaqaviy loyiha Qizilo‘rda – Uchquduq temir yo‘li tasdiqlash bosqichida. U ham Qozog‘iston temir yo‘llarini O‘zbekiston markazidagi Uchquduq bilan bog‘laydi va keyin janubga, Afg‘oniston va Eronga yo‘naltiriladi", —deya qayd etdi Ergashev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, shunday loyihalar borki, ular, ehtimol, “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” yoki Transafg‘on temir yo‘li kabi strategik xususiyatga ega bo‘lmasa ham, mintaqaviy nuqtayi nazarda ular ulkan strategik loyihalardan kam ahamiyatga ega emas.
Yangiliklar lentasi
0